1 2 3

«Qon ketishi va uni tuxtatish. Tranfuziologiya asoslari» oxunov a. O

bet1/3
Sana15.02.2017
Hajmi171.46 Kb.

«QON KETISHI VA UNI TUXTATISH. TRANFUZIOLOGIYA ASOSLARI» 

OXUNOV A.O.  

alisher.oxunov@tma.uz 

MASHG’ULOT # 3 QON VA QON O'RNINI BOSADIGAN SUYUQLIKIARNI QUYISH 

QON QUYISH

 - tirik to'qimani ko'chirib o‘tkazish jarayoni bo'lib, u bemor organizmiga ko‘p tomonlama 

ta’sir qiladi. Shuning uchun bu operatsiya mutloq ko'rsatmalar bo’lganda bajarilishi kerak. Hozirgi kun-

da transfuziologiya maxsus fan sifatida ajralib chiqdi. Geraoterapiyaning ijobiy ta’sirini oshirish uchun 

qon komponentlarini, uning preparatlarini va qon о‘rnini bosuvchilarni differensiallangan holda quyish 

mumkin. Masalan, anemiyada ko‘p qon yo'qotilganda ba’zi bir bemorlarga qon o'rniga eritrotsitar mas-

sani transfuziya qilish mumkin. Qon to'xtatish (hemostatik) ta’sirini plazma, trombotsitlar massasi, kri-

opretsipitat  va  boshqa  preparatlar  quyish  bilan  hosil  qilish  mumkin.  Klinikada  yangi  transfuzion 

qoidaga  rioya  qilish  kerak.  Qon  quyish  o'rniga  bemorga  yetishmaydigan  ma’lum  bir  omil,  qon 

derivatlarini  quyish  tavsiya  qilinmoqda.  Bulardan  eritrotsitlar,  trombotsitlar,  leykotsitlar  massalarini, 

plazma va uning oqsil fraktsiyalarini ko'rsatib o'tish mumkin. 

TRANSFUZIOLOGIYA TARIXI 

Qon quyish tarixi boy solnomalarni o'z ichiga oladi va u asosan ikki davrga bo'linadi: birinchi davr  - 

izogemagglyutinatsiya  fenomenini  ochishgacha  bo'lgan  davr,  ikkinchisi  qon  guruhlari  va  omillarini 

chuqur o'rganishdan keyingi davr. 

Qon quyishning izogemagglyutinatsiya va qon guruhlari ochilguncha bo'lgan davri.  

Qonning davolash xususiyatlari to'g'risidagi ma’lumotlar qadim zamonlarga borib taqaladi. Jang pay-

tida, ov qilishda ko'plab ko‘ngilsiz voqealar sodir bo'lardi. Xalq orasida qon ketganda odamning ruhi 

ham ketadi, degan tushunchalar yurardi. 

Gippokrat asarlarida ruhiy bemorlarga sog'lom qonni quyish tug'risida tavsiyalar bor. Rimda jangda  

halok bo'lgan gladiatorlar qonini ichish rasm bo'lgan. 

Yuqotilgan yoki eski «kasal» qonni yosh va sog'lom qon bilan almashtirish fikri XIV- XV asrlardan buy-

on mavjud. Grek afsonasida yosh Midiyni qizi Medeya qarib qolgan otasi shox Yazonga quyishi bilan 

uning yosharib ketganligi haqida yoziladi. XV asrda qarib darmonsizlangan Innokentiy VIII cherkov-

ning  qarshiligiga  qaramay,  o'ziga  ikkita  o'smirdan  gon  olib  quyishni  majbur  qilgan.  «Hayot  eliksiri» 

yordam bermagan. Innokentiy VIII karilik va darmonsizlikdan 1492-yilda vafot etgan. 

O‘rta asr va uyg‘onish davrida qonni tomirga quyish usuli bemorlarda ishlatilmas edi. Ammo ko‘p ta-

biblar qonning kasalliklarda ijobiy ta’siri to‘g‘risida fikr yuritganlar. Bu izlanishlar to‘g‘risida hamyurtimiz 

Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari»da batafsil bayon qiladi. O‘sha davrda kasalliklarni qon chiqarib davo-

lash keng tarqalgan edi. Abu Ali ibn Sino ko‘p xastaliklarda qonning tutgan o'rnini o‘rganadi, haddan 

tashqari qon chiqarish foydasiz va zararli ekanligini ta’kidlaydi. 

Tomir ichiga qon quyishni birinchi marta XVI asr o‘rtalarida italiyalik monax Kardenius bayon qilgan. 

Undan  30  yil  o‘tgach  1645-yilda  Paduan  universitetining  professori  italiyalik  Kole  shu  operatsiyani 

qayta yozgan. 

1656-yilda Xristofor Ven hayvonlarda vena qon tomiriga har xil dori moddalarni yuborib, tadqiqotlar 

o'tkazdi.  1666-yilda  Loyer  London  va  Oksfordda  itlarga  to‘g‘ri  qon  quyib,  ijobiy  natijalar  oldi. 

Fransiyada  tarixida  birinchi  marta 1767-yil  15-iyunda odamga qon  quyildi. Bu tadqiqot  matematika, 

falsafa va tibbiyot professori Deni va xirurg Emmerix tomonidan o‘tkazildi. Ular holsizlangan 16 yoshli 

o‘smirga qo‘zichoq qoni yuborishdi. Ikkinchi marta Deni sog‘lom odamga 20 unsiy qo‘zichoq qonini 

quyadi. Bu usulning mukammal emasligiga qaramay, kasal tuzalib ketadi. Uchinchi marta qo‘yilgan 

qo‘zichoq qoni yordam bermaydi, to‘rtinchisida bemor vafot etadi. Shu munosabat bilan Deni sudga 

chaqiriladi va sud qarori bilan bu davolash usuli istiqbolsiz deb topiladi. Lekin har safar bu usulni  



qo‘llashda avval Parij dorilfununi tibbiyot fakultetining maxsus ruxsatini olish joriy qilinadi. 

Ba’zi bir tarixchilarning fikricha, qayd qilingan voqea shuningdek, geterogen qon quyishdagi kamchilik 

va nuqsonlar bu usulning dushmanlari pozitsiyasini mustahkamlashga olib keladi va qon quyishni yuz 

yilgacha orqaga surib tashlaydi (Vatikan davlati 1675-yilda qon quyishni man qilish to‘g‘risida buyruq 

chiqargan edi). 

Ammo XVII asrning oxirlarigacha qon quyish tashabbuskorlari mavjud edi. 1819-yilda birinchi marta 

qon odamlardan odamlarga muvaffaqiyatli quyildi. Buni ingliz fiziologi Blandel bajardi. Uning fikricha, 

vena qoni arterial qonga nisbatan yaxshiroq ta’sir etadi. U buning uchun maxsus apparat ixtiro qildi. 

Odamdan odamga qon quyish keng tarqala boshladi (Bridxeym, Lambett, Diffenbax), ammo xirurgiya 

oldida bu usulning keng tarqalishiga qarshi og'ir asorat  - yara infeksiyasi - antiseptikagacha bo‘lgan 

davr falokati turardi. Shuningdek, qon quyishning rivojlanishiga uning tez ivib qolishi juda katta to'sqin-

lik qilardi. Shunga asoslanib, 1835-yilda Bitof tomonidan taklif qilingan fibrinsizlangan qon quyish og‘ir 

oqibatlar  paydo  qilgani  uchun  keng  tarqalmadi.  1830-yilda  Peterburgdagi  tibbiy-xirurgiya  akademi-

yasining profesori S. F. Xotovitskiy «Harbiy-tibbiy jurnal»da «Qon quyish» degan original maqolasi bi-

lan  chiqdi.  U  ko'zi  yorigan  xotinlardan  qon  ketganda  uni  birdan-bir  davolash  yo‘li,  qon  quyish  deb 

topdi. Volf 1832-yilda Rossiyada birinchi bo‘lib tug'ishdan keyin bachadondan qon ketib o‘tkir kamqon-

likka uchragan ayolni qon quyib o'limdan saqlab qoldi. 

Keyinroq o‘sha davrning ko'zga ko'ringan olimlaridan N. Spasokukotskiy, X. X. Solomon, I. V. Buyal-

skiy, A. M. Filomafitskiy va boshqalarning qon quyishga bag‘ishlangan ko‘pgina ishlari paydo bo‘ldi. 

Bu  asarlarda  qon  quyish  uchun  ko‘rsatmalar,  moneliklar,  qon  quyish  texnikasi,  uni  amalga oshirish 

uchun apparatlar, hayvonlarda o‘tkazilgan turli tajribalarga oid ma’lumotlar ishlab chiqilgan edi. 60-80-

yillarda qon quyish muammosi bo'yicha to‘rtta kashfiyot qilindi. Bular - arteriya tomiriga qon quyish,  



qonni konservalash va uni kimyoviy barqaror qilish, qonning ivish xususiyati (S. P. Kolomnin, V. Su-

tugin,  V.  Rautenberg,  A.  Shmidt)  kabi  yirik  kashfiyotlar  edi.  Bu  transfuziologiyaning  birinchi  davri 

hisoblanadi. 

TRANSFUZIOLOGIYANING IZOGEMAGGLYUTINATSIYA VA QON GURUHI QONUNLARI OCHI-

LISHIDAN KEYINGI RIVOJLANISHI 

Transfuziologiyaning ikkinchi davri immunitet to'g'risidagi ta’limot kashf etilishi bilan bog'liq. 1900-yilda 

venalik bakteriolog Landshteyner sog' odamning zardobi boshqa odamning qizil qon tanachalarini  - 

eritrotsitlarini yopishtirib g'uj qilib qo‘yishini (agglyutinatsiya) e’lon qildi. Bu dalilni 1901-yilda boshqa 

olimlar ham tasdiqladilar. Bir odamning qon plazmasida yoki zardobida ikkinchi odam eritrotsitlarining 

agglyutinatsiyaga  uchrashi  muhim  davo  chorasi  bo'lgan  qon  quyishga  ilmiy  asos  yaratib  berdi.  K. 

Landshteyner  qonning  uchta  guruhini  kashf  qildi,  1907-yilda  Yanskiy  va  1910-yilda  Mass  qonning 

to'rtinchi guruhini ochdilar. Dastlabki 8 yil mobaynida Landshteynerning kashfiyoti faqatgina sud tib-

biyotida ishlatildi, ammo 1907-yilda Gekton, qon quyishda agglyutinatsiyani o'rganib, undagi asoratlar 

qon  guruhlarining  to’g'ri  kelmasligidan  paydo  bo'lishini  aniqladi.  O'sha  yilning  o'zida  Kriyel  birinchi 

bo'lib  qon  quyganda  qonning  izoagglyutinatsiya  xususiyatiga  asoslandi.  1909-yilda  qon  quyish  61 

marta yaxshi natija bilan yakunlandi. V. A. Yurich, N. K. Rozenart (1910), Levison (1915) qon quy-

ishda qonni ivib qolishdan saqlab qolish uchun natriy tsitratdan foydalanishni taklif qildilar. Bu taklif 

to'g'ridan-to'g'ri qon quyish texnikasini ancha yengillashtirdi, donordan olingan qonni uzoq masofaga 

yetkazishga ham imkoniyat yaratildi. Bu o'rinda qon quyish apparatlari, tomirga havo tushmaslik ma-

salalari o'rganib chiqildi. Xirurglar bu usulni harbiy-dala sharoitida keng qo’lay boshladilar. 1919-yilda 

V. N. Shamov (Rossiya) birinchi marta qon guruhiga asoslanib qon quydi. U N. N. Yelanskiy bilan bir-

ga 300 ga yaqin odamlarda qon guruhlarini anqladi. Qonning nazariy va amaliy muammolarini  



o‘rganishda V. N. Shamov, N. N. Yelanskiy, A. N. Filatov, S. I. Spasokukotskiy, A. A. Bogdasarov, A. A. 

Bogdanov samarali ish olib bordilar. 

Urushdan oldingi davrda V. N. Shamov va S. S Yudin o‘liklardan qon olib quyish nazariyasini ishlab 

chiqdilar. Bu usul urush paytida amalga oshmagan bo’lsada, tinchlik davrida keng qo'llanildi. 1926-

yilda A. A. Bogdanov boshchiligida Moskvada Markaziy qon quyish instituti tashkil qilindi. Shu davrdan 

boshlab qon quyish bo‘yicha respublika, viloyat, tuman stansiyalari tarmoqlari keng quloch yozdi va 

qon quyish xonalari ochildi. Qon quyish muassasalari donorlarni hisobga oladilar, tekshiradilar, kon-

servlangan  qon  tayyorlab  shifoxonalarga  yetkazib  beradilar.  Shuningdek,  qon  quyishning  ilmiy  ma-

salalarini hal qiladilar. Respublikamiz gematoiogiya va qon quyish institutining tarixi O‘zbekistonda ge-

matoiogiya  va  transfuziologiyaning  taraqqiyoti  bilan  bog'liq.  O‘zbekistonda  gematologik  yordam  ta-

bobat  fakultetini  tashkil  qilish  uchun  1920-yilda  Toshkentga  kelgan  Aleksandr  Kryukov  nomi  bilan 

bog‘liqdir. Gematoiogiya bilan birgalikda qon quyish ham rivojlana boshladi. 

1930-yiIda  Toshkentda  professor  I.  I.  Orlov  tashkil  qilgan  jarrohlik  klinikasida  birinchi  qon  quyish 

xonasi ochildi. Bu xonaning tashkilotchisi va boshlig‘i shu klinika assistenti, keyinchalik professor la-

vozimini olgan V.  K.Yasevich bo‘lgan. Birinchi donorlar tibbiyot xodimlari va bemorlarning qarindosh-

urug‘lari bo'lgan, 1934-yilga kelib qon quyish xonasi Markaziy qon quyish stansiyasiga aylantirildi, un-

ga maxsus xonalar, asbob-uskunalar ajratildi. 

1934-1935-yillarda  Samarqand tibbiyot  oliy o‘quv  yurtida, Buxoro  viloyat  kasalxonasida,  Qo‘qon  tu-

manlararo  kasalxonasida, Termiz  viloyatida qon  quyish  bo‘limlari  tashkil qilindi.  Qon quyishning  tez 

rivojlanishi  davolash  usulining  ilmiy  asoslab  berilishini  talab  qilar  edi,  bu  esa  qon  quyish  xizmatini 

tashkiliy-uslubiy boshqarishga majbur qildi. Shuni hisobga olib, O‘zbekistonda gematologiya va qon 

quyish instituti tashkil qilindi. Uni tashkil qilish va rivojlantirishda professor V. K. Yasevich, M. Z. Itin, E 



I. Otaxonov, A. Yu. Yunusov, S. A. A’zamxo'jaev, N. I. Ismoilov, К. B. Boltaev, G. S. Sulaymonova va 

boshqa olimlarning xizmati katta. 

IZOAGGLYUTINATSIYA VA QON GURUHLARI 

1901-yilda Landshteyner kasal hamda sog‘lorn odamlarning zardobi ko'pincha bolalar erilrotsitlari bi-

lan bir xil agglyutinatsiya berish holatini, ya’ni izogemagglyutinatsiyani ma’lum qildi (bu patologiya bel-

gisi bo'lmasdan fiziologik holatdir). Izogemagglutinatsiya reaksiyasi ma’lum kishilarning qon zardobi 

aglyutininlar bilan eritrotsitlar aglyutinogenlar qo‘shilishi natijasida yuzaga keladi, boshqa hollarda esa 

agglyutinatsiya ro‘y bermaydi. Landshteyner o‘z tadqiqotlari natijalarini uch guruhga bo'ladi: 

1.  Birinchi guruhga mansub odamlarning qon zardobi shu guruhga mansub bo'lmagan odamlarning 

eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga g'uj bo'lib yopishishiga olib keladi. Ularning eritrotsitlari hech qanday 

zardob bilan yopishmaydi. Qon xususiyatlariga qarab bu odamlar birinchi qon guruhiga kiritilgan (I). 

2.  Ikkinchi qon guruhidagi kishilarga zardobi uchinchi guruh eritrotsitlarini yopishtiradigan, lekin bi-

rinchi  va  ikkinchi  guruhdagi  eritrotsitlarni  yopishtirmaydigan  odamlarning  qoni  kiradi.  Bu  guruhdagi 

odamlarning eritrotsitlari birinchi va uchinchi qon zardoblari yordamida yopishadi (II), 

3.  Uchinchi guruhga kiruvchi shaxslarning zardobi ikkinchi guruh eritrotsitlarini yopishtiradi, ammo bi-

rinchi va uchinchi guruh eritrotsitlarini yopishtirmaydi, eritrotsitlari birinchi va ikkinchi guruh qon zardo-

bi bilan agglyutinatsiya beruvchi shaxslar uchinchi guruhga kiritilgan (III). 

Keyingi tekshirishlar qon zardobi ma’lum bo'lgan guruh eritrotsitlari bilan yopishmaydigan, lekin shu 

vaqtning o‘zida eritrotsitlar boshqa guruh zardoblari bilan yopishadigan guruh borligini ko'rsatdi. 1907-

yilda  Yanskiy  ruhiy  bemorlar  qonini  tekshirib,  shu  xususiyatlari  bo'lgan  shaxslar  borligini  aniqladi, 

ularning  qoni  birinchi  guruh  deb  aniqlandi.  1921-yilda  amerikalik  bakteriologlar,  immunologlar  va 

patologlar anjumanida Yanskiy kursatmasi to'g'ri deb topildi. 1928-yilda esa millatlar Ligasining  



giyena komissiyasi 1910-yilda taklif qilingan qon guruhlarming harflar nomenklaturasini ishlab chiqdi 

va hozir qon guruhlarini belgilashda shu harflar qo'llaniladi. 

QON GURUHLARI ORASIDAGI MUNOSABATLAR VA ULARNING TA’RIFI 

Qonning guruhlarga boiinish xususiyati, ya’ni izoagglyutinatsiya reaksiyasi immunitet reaksiyasi aso-

sida bo’lib, eritrotsitlarning agglyutinatsiyani boshlab berishi ularning antigen sifatida ro‘yobga kelishi 

bilan bog‘liq. Eritrotsitlarda aglyutinogenlar, zardobda esa agglyutininlar bor. Agglyutinatsiya reaksiya-

si  vujudga  kelishi  uchun  eritrotsitlardagi  agglyutinogenlar,  zardobda  ularni  tanlovchi  agglyutininlar 

bo’lishi zarur. 

Masalan, agglyutinogen A bilan agglyutinin a, agglyutinogen В bilan b, ya’ni bir nomli agglyutinogen 

agglyutinin bilan uchrashganda g‘uj yopishish reaksiyasi sodir bo‘ladi. 

Bir turga mansub hayvonlar eritrotsitlarining yopishishiga olib keluvchi qizil qon tanachalari bilan zar-

dobi o‘rtasidagi reaksiya izoagglyutinatsiya deb ataladi. 

QON GURUHLARINI ANIQLASH USULLARI 

Qon guruhini aniqlash unchalik qiyin bo’lmasa ham, juda ehtiyotkorlikni talab qiladi. 

Tekshirish  oldidan  avvalo  izogemagglyutinatsiya  xususiyati  bo‘lgan  standart  zardoblarni  tekshirish, 

ularni shtativga to‘g‘ri qo‘yilganini aniqlash zarur. Standart zardoblarning yaroqliligi quyidagi belgilari-

dan ma’Ium bo’ladi: 

1.  Zardob tiniq, loyqalanmagan va chirish belgilarisiz bo’lishi kerak. 

2.  Har bir ampula etiketkasida titri, tayyorlangan joyi va muddati kursatilgan bo’lishi kerak. 

3.  Loyqalangan  zardobdan,  uning  titri  past  yoki  muddati  o‘tgan  bo’lsa  foydalanish  mumkin  emas, 

chunki u bilan qon guruhi aniqlanganda og‘ir oqibatlar kelib chiqishi mumkin. 

Qon guruhini aniqlash uchun ikki seriyali standart zardob guruhi olinadi, ya’ni αβ (I), β (II) va α (III). 



Omil plastinka likopchaning chap tomoniga 0 (I), o’rtasiga A (II) va o‘ng tomoniga  В (III) qon guruhi 

belgilari, plastinka va likopcha yuqorisiga tekshiriluvchi shaxsning familiyasi yoziladi. Qon guruhi bel-

gilari ostiga standart zardobidan katta bir tomchi (taxminan 0,05 ml) tomiziladi. 

Shunday qilib, 0 (I) guruhli kishiga faqatgina o‘z qonini quyish mumkin, chunki II va III guruhlardagi 

qon qo‘yilganda mos kelmaslik ro‘y beradi, uning sabablari quyidagilardan iborat: II guruhdagi A ag-

glyutinogen  (eritrotsitlardagi)  I  guruhdagi  (α)  agglyutinin  bilan,  III  guruhdagi  B  -  agglyutinogen 

(eritrotsitlardagi)  I  guruhdagi  β  -  agglyutinin  bilan  geteroagglyutinatsiya  reaksiyasini  beradi.  Eri-

trotsitlarda agglyutinogenlar bitta yoki ikkita (A, B) bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin. Shuningdek, ag-

glyutininlar ham zardobda bittadan, ikkitadan yoki butunlay bo’lmasligi mumkin. 

Shu ma’lumotlarga ko'ra hamda turli qon guruhlaridagi eritrotsitlar va zardobning xususiyatiga qarab, 

qon guruhlariga quyidagicha ta’rif berilgan: 

1.  Bu  guruhning  eritrotsitlarida  A  va  В  agglyutinogenlar  yo‘q,  demak,  ma’Ium  komponentlar 

bo‘lmagani uchun, hech bir zardob bilan reaksiya bermaydi. Ikki agglyutininga (αβ) ega bo'lgan zar-

dob, boshqa guruhlarning eritrotsitlari bilan uchrashganda ularda ma’Ium bir agglyutinogen (A yoki B) 

bo’lgani uchun agglyutinatsiyaga olib keladi. Shunday qilib, birinchi guruh qonining to’liq formulasi 0 

αβ (I) bo’ladi. 

2.  Ikkinchi  guruh  eritrotsitlari  birinchi  va  uchinchi  guruhdagi  qon  zardobi  bilan  yopishadi.  Demak, 

ularda  bitta  agglyutinogen  A  bor.  Ikkinchi  guruh  zardobi  uchinchi  va  to'rtinchi  guruh  eritrotsitlarini 

yopishtiradi,  lekin  ikkinchi  guruh  eritrotsitlarini  yopishtirmaydi.  Demak,  unda  hamma  agglyutininlar 

yo‘q, faqat β agglyutinin bor. Shunday qilib, ikkinchi qon guruhi ning umumiy formulasi A β (II) bo’ladi. 

3.  Uchinchi guruh eritrotsitlari birinchi va ikkinchi qon guruhlarining zardobi bilan yopishadi, to‘rtinchi 

guruh qon zardobi esa ularni yopishtira olmaydi. Demak, ular agglyutinogen В ga ega. Uchinchi guruh  



zardobi ikkinchi va to'rtinchi guruh eritrotsitlarini yopishtiradi, lekin uchinchi qon guruhi eritrotsitlarini 

yopishtirmaydi. Demak, unda agglyutinin α bor. Demak, uchinchi qon guruhining umumiy formulasi Bα 

(III) bo’ladi. 

4.  Bu guruhning eritrotsitlari ikkita agglyutinogenlarga (A, B) ega, shuning uchun boshqa guruhlarn-

ing zardoblari bilan agglyutinatsiya reaksiyasi berish xususiyatiga ega. Zardobda esa agglyutininlar 

bo’lmagani uchun hech qaysi guruhning eritrotsitlari bilan reaksiya bermaydi. Shunday qilib, to'rtinchi 

guruhning umumiy formulasi ABO (IV) bo’ladi. 

Ma’lum bo’lishicha, О va A В guruhlar bir-biriga batamom teskari xususiyatlarga ega, shuni hisobga 

olib I guruhga mansub odamlar universal donorlar, IV guruh esa - universal retsipiyentlar deyiladi. 

Turli mamlakat xalqlari o'rtasida qon guruhlarining tarqalishi bir oz farq qiladi. Yevropada 44 foiz odam 

A (II) guruh qoniga mansubdir, keng tarqalishi jihatidan ikkinchi o‘rinda 0 (I) guruhli kishilar turadi. Ular 

39 foizni  tashkil  qiladi.  II guruh  qonni  faqatgina  II  guruhli  yoki  IV  guruhli  kishilarga quyish  mumkin, 

agar В (III) guruhli odamga quyilayotgan bo'lsa, II guruhdagi agglyutinogen A ((II) guruhdagi agglyu-

tinin bilan, В esa II guruhdagi agglyutinin bilan reaksiyaga kirishadi. Ill guruhni o'ziga yoki IV guruhga 

quyish mumkin. IV guruh qonni faqat o‘ziga quyish mumkin, agar tasodifan 0 (I) guruhga quyiladigan 

bo'lsa,  IV  guruh  eritrotsitlaridagi  AB  agglyutinogenlar  0  (I)  guruhdagi  agglyutininlar  bilan  agglyu-

tinatsiyaga uchraydi va og‘ir asoratga olib keladi. 

Eritrotsitlardagi agglyutinogenlar, zardobda ularni tanlovchi agglyutininlar bo‘lishi zarur. Masalan, ag-

glyutinogen A bilan agglyutinin β, agglyutinogen В bilan ya’ni bir nomli agglyutinogen agglyutinin bilan 

uchrashganda  g‘uj  yopishish  reaksiyasi  sodir  bo'ladi.  Bir  turga  mansub  hayvonlar  eritrotsitlarining 

yopishishiga  olib  keluvchi  qizil  qon  tanachalari  bilan  zardobi  o'rtasidagi  reaksiya  izoagglyutinatsiya 

deb ataladi. 



Quyiladigan  qon  miqdori  odatda  kam  bo'lganligi  sababli  bemor  organizmida  aralashib  ketadi.  Qon 

guruhini aniqlashda chapdan o'ngga ikki seriyali 0 (I), A (II) va B (III) zardoblari tomiziladi. Shunday qi-

lib,  tekshirilayotgan  oq  likopchada  6  tomchi  paydo  bo'ladi  va  uning  yoniga  0,05  ml  keladigan  qon 

tomchisi tomiziladi (1:10). Qon tomchisini olish uchun tekshiriluvchi barmog'idan sterillangan, yaxshisi 

bir marta sanchiladigan nayzacha bilan teshiladi va zardoblar oldiga tomiziladi. Undan so'ng shisha 

tayoqcha bilan har tomchisini alohida-alohida aralashtiriladi. Tekshirilayotgan qon miqdori va standart 

zardobning hajmi 1:10 ga teng kelishi kerak. Plastinkani yoki likopchani qo'lga olib, 3 daqiqa davom-

ida qon bilan zardob yaxshi aralashishi uchun chayqatib kuriladi, so'ng reaksiya natijasi hisobga oli-

nadi. Agglyutinatsiya hosil bo'lishi bilan (3 daqiqa o'tgach) aralashmaga 0,05 ml hajmda natriy hlorid-

ning izotonik eritmasi tomiziladi. Qon guruhini aniqlashda quyidagi natijantlar bo'lishi mumkin: 

A. Standart zardobning uchala guruhida ham eritrotsitlar agglyutinatsiyaga uchramaydi. Demak, eri-

trotsitlar A va В agglutinogenlar saqlamaydi va tekshirilayotgan qon 0 (I) guruhiga mosdir. 

B. 0 (I) va В (III) guruhlarning standart zardoblari eritrotsitlarning g‘uj bo'lib yig'ilishiga olib keladi, am-

mo A (II) zardobi bilan agglyutinatsiya hosil qilmaydi. Bu tekshirilayotgan qonda A agglyutinogeni bor-

ligini bildiradi, ya’ni bunda qon A (II) guruhga mansub bo’ladi. 

D.  0 (I) va A (II) guruhlarning standart zardoblari agglyutinatsiyaga uchraydi, В (III) zardobi bilan bu 

reaksiya bo'lmadi, demak tekshirilayotgan qon guruhi B (III) ekan. 

E.  Standart  zardoblarning  ikkala  guruhi  ham  agglyutinatsiyani  sodir  qildi.  Demak,  tekshirilayotgan 

qon A va В agglyutinogenini o‘z ichiga oladi va bu guruh to'rtinchi AB (IV) qon guruhiga mansubdir. 

Ammo aniq xulosaga kelish uchun bu qon guruhini to'rtinchi AB0 (IV) standart zardobi bilan qayta tek-

shirish kerak. 

 


QON GURUHINI KESISHMA USULI BILAN ANIQLASH 

Bu  usul  bilan  aniqlashda  eritrotsitlardagi  agglyutinogenlarni  standart  zardoblar  bilan  birgalikda  shu 

tekshirilayotgan qon zardobidagi agglyutininlar standart (ma’lum) eritrotsitlar (ya’ni standart zardoblar) 

va standart eritrotsitlar yordamida tekshiriladi. Buning uchun plastinka yoki likopchani yarmiga rangli 

shisha qalami bilan ikkiga ajratib chiziladi va yuqori yarmiga chapdan o'ngga qarab O, A va В belgilari, 

pastki yarmiga esa xuddi yuqoridagidek 0 (I), A (II) va B (III) guruhlari yoziladi. Plastinka yoki likopcha 

chetiga qoni tekshirilayotgan kishining ismi sharifi yoziladi. Shundan so'ng likopchaning yuqori yarmi-

ga qon belgilariga mos bo'lgan ikki seriyali standart izogemagglyutinatsiya zardobi tomchilari (0,05 ml 

hajmda) tomiziladi. Likopchaning quyi yarmiga esa bir tomchidan uchta joyga standart eritrotsitlar 3 

qator tomiziladi. So'ngra standart zardoblar yoniga tekshirilayotgan qon eritrotsitlarining kichik tomchi-

si  (0,05  ml)  tomiziladi,  shuningdek,  tekshirilayotgan  qonning  zardoblari  yoniga  esa  standart  eri-

trotsitlarning kichik tomchisi tomiziladi, chap tomoniga 0 (I) guruh eritrotsitlari, o'rtaga A (II) va o'ngga 

B(III). Shundan so'ng ayrim shisha bilan eritrotsitlar va zardoblar (1:10 hajmda) aralashtiriladi, vaqti-

vaqti bilan plastinka sekin chayqatib turiladi. Tomchilarda agglyutinatsiya hosil bo'lishi bilan (3 daqiqa 

o'tgach) bir tomchidan har bir aralashmaga pipetka orqali natriy xloridning izotonik eritmasi tomizilib 

yana chayqatiladi. Shu vaqt davomida agglyutinatsiya yuzaga kelishi mumkin, ya’ni qon guruhlarini 

aniqlash  imkoniyatini  beruvchi  eritrotsitlar  yig'indisi  hosil  bo'ladi.  Standart  eritrotsitlar  bilan  tekshiril-

ganda tekshirilayotgan eritrotsitlarda A va В agglyutinogenlar topilmaydi, tekshirilayotgan zardob A (II) 

va B (III) guruhlar eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga uchratadi, demak unda α va β agglyutininlar borlig-

ini bildiradi. Shunday qilib, tekshirilayotgan qon 0 (I) guruhiga kirishi ma’lum bo'ladi; tekshirilayotgan 

eritrotsitlarda  agglyutinogen A  borligi  aniqlanadi,  tekshirilayotgan  zardob  esa  uch  guruhga  mansub 

bo'lgan standart eritrotsitlardan faqat В (III) guruhdagini agglyutinatsiyaga uchratadi, bu esa  



yotgan qonda β agglyutininlar borligini bildiradi; demak qon guruhi A (II) ekanligi aniqlanadi. Tekshirila-

yotgan  eritrotsitlarda  В  agglyutinogen  borligi  aniqlanadi;  tekshirilayotgan  qon  zardobi  esa  A  (II) 

standart eritrotsitlarni agglyutinatsiya qiladi. Demak qon В (III) guruhga mansub; standart zardoblar bi-

lan bo'lgan reaksiya A va В agglyutinogenlar borligini bildiradi. Tekshirilayotgan qon zardobi standart 

eritrotsitlarning hamma tomchilari bilan ham agglyutinatsiya reaksiyasini bermaydi, demak qon zardo-

bida α va β agglyutininlar yo'q ekan, bu AB0 (IV) to'rtinchi guruhga mansub bo'ladi. 

Qon quyish uchun amaliyotda standart zardob bilan qon guruhlari aniqlanadi, kesishma usulidan esa 

donorlarning qon quyish muassasalarida qon guruhini aniqlashda foydalanadi. 




Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


taptq-hsnov---shif-22.html

taptq-hsnov---shif-27.html

taptq-hsnov---shif-32.html

taptq-hsnov---shif-39.html

taptq-hsnov---shif-43.html