1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 34

Qon quyish bo‟yicha tizimlar - Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tibbiyot...

bet8/34
Sana15.01.2018
Hajmi18.83 Kb.

Qon quyish bo‟yicha tizimlar 


Tibbiy ignalar, in‟ektsiyalar uchun shpritslar 


Tish davolash ishi 


Narkoz-nafas apparaturasi 


Jarrohlik uchun implantantlar 


Protez-ortopediya buyumlari 



66 
 

TK/ISO  170 


TK/ISO  172 


TK/ISO  173 


TK/ISO  194 


TK/ISO  210 


TK/ISO  212 


 


Jarrohlik asboblari 


Optika buyumlari va optik asboblar 


Nogironlarni reabilitatsiya qilish vositalari 


Tibbiy buyumlarni sterilizatsiya qilish 


Tibbiyot sanoatida sifat tizimi 


Klinik  laboratoriya  tadqiqotlari  va  in  vitro 


tashhis test-tizimlari 


 
Rossiya  Federatsiyasi  davlat  farmakopeyasining  12-nashrini  bosmadan 
chiqarishga  tayyorgarlik  ko‘rilmoqda.  MDH  ning  12  ta  davlatida  milliy 
farmakopeyani  yaratish  murakkab  muammo.  Lekin  bu  muammo  dolzarb  va 
zamonaviy. MDH davlatlari-qatnashchilarining dori vositalari, tibbiy buyumlar va 
tibbiy  texnikani  standartlash,  ro‘yxatga  olish  va  sifatini  nazorat  qilish  bo‘yicha 
Davlatlararo  majlisi  (2002  yil,  may)  da  MDH  farmakopeyasini  yaratish  bo‘yicha 
ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 
Belorussiya  davlatining  Evropa  Farmakopeyasi  bilan  uyg‘unlashtirilgan  
Milliy Farmakopeyasining 1-nashri 2007 yilning 1yanvaridan joriy etilgan. 

 


Sifatni nazorat qilish va GMP qoidalari 


Farmatsevtika  va  tibbiyot  mahsulotlari  sifatini  davlat  tizimi  tomonidan 
nazorat  qilishda  Butunjahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  tavsiya  etgan  «Zaruriy 
ishlab chiqarish amaliyoti (GMP), ―Zaruriy laboratoriya amaliyoti (GIP)‖, ―Zaruriy 
klinik amaliyoti (GCP)‖ kabi xalqaro talablar amaliyotga tatbiq etilmoqda. 
GMP  –  mahsulotning  o‘z  vazifasi  tegishli  va  savdo  litsenziyasi  talab 
qiladigan  sifat  standartlari  asosida  doimiy  ishlab  chiqariladigan  va  nazorat 
qilinadigan,  
kafolatlangan  sifatni  ta‘minlash  qismi.  GMP  birinchi  navbatda,  tayyor 
mahsulotning nazoratdagi to‘plamini sinash vositasida to‘liq bartaraf etish mumkin 
bo‘lmagan,  har  qanday  farmatsevtik  ishlab  chiqarishga  xos  bo‘lgan 
tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. 
GMPning birinchi qoidalari 1963 yili AQSh da qabul qilingan bo‘lib, hozirgi 
vaqtda 40 dan ortiq mamlakatlarda ulardan foydalanilmoqda. Yagona qoidalardan 
tashqari,  «Farmatsevtik  nazorat  to‘g‘risida  Bitim‖  (GMP  PIC)  da  qatnashuvchi 
mamlakatlarda  mahalliy  GMPlar,  GMP  ASEAN  (Janubiy-Sharqiy  Osiyo 
mamlakatlari  Assotsiatsiyasi  a‘zolari  uchun),  shuningdek  BSST  (Butunjahon 
sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  Xalqaro  qoidalari)  GMRga  asoslangan  xalqaro 
savdoda farmatsevtik mahsulotlarni sertifikatlash tizimini tan olgan va ularga rioya 
qilmoqda. 
Sifatni  nazorat  qilish  namunalarni  tanlash,  ixtisoslashtirish  va  sinovlar 
o‘tkazish,  shuningdek  mahsulotni  sotishga  rasmiylashtirish  va  ruxsatlar  berish 
ishlari,  sotishni  tashkil  qilishga  bog‘liq  qismdir.  Sifatni  nazorat  qilish  mahsulot 
sifatiga tegishli barcha qarorlarni qabul qilishga jalb etilishi lozim. Shunday qilib, 
sifatni  nazorat  qilish  e‘tiborni  pirovard  statsionar  ustuvorliklarni  nazorat  qilishga 

67 
 
emas,  tibbiy  buyumlarning  sifatini  shakllantiruvchi  barcha  jarayonlarni  tartibga 
solishga jamlanishi kerak. 
Yuqorida  bayon  etilgan  barcha  xulosalarni  yakunlab,  alohida  qayd  etish 
lozimki, sifatni nazorat qilish, o‘z navbatida, sifatni boshqarish tizimining tarkibiy 
qismi  bo‘libgina  qolmay,  sifatni  ta‘minlash  tizimini  shakllantiruvchi  GMP 
qoidalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
ISO  9000  oilasiga  mansub  Xalqaro  standartlar  sifat  menejmenti  tizimi 
sifatida o‘tgan asrning 60 -70 yillarida sifatni boshqarish tizimlarini reglamentlash 
va  boshqa  mamlakatlarda  amalga  oshirilgan  ishlanmalar  negizida  GMP 
qoidalaridan  keyinroq  yaratila  boshlandi.  ISO  standartlarining  qo‘llanilish  sohasi 
iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarini,  ishlab  chiqarish  va  xizmatlarni  o‘z  ichiga 
oladi. ISO  9000  ning  dastlabki varianti  Xalqaro standartlash  tashkiloti  tomonidan 
1987 yilda tayyorlangan, ikkinchisi 1994 yilda chop etilgan, uchinchisi 2000 yilda 
chiqqan va quyidagilarni qamrab oladi: 
-  standart  ISO  9000  sifat  menejmenti  tizimlarining  asosiy  qoidalarini 
ta‘riflaydi va atamalarni belgilaydi; 
-  standart  ISO  9000  tashkilotga  iste‘molchilar  talablari  va  majburiy 
talablarga  javob  beradigan  va  iste‘molchilar  talabini  qondirishni  oshirishga 
qaratilgan o‘z qobiliyatini kamaytirish zarurati tug‘ilgan hollarda sifat menejmenti 
tizimlariga talablarni aniqlaydi; 
- standart ISO 9000 – sifat menejmenti tizimlari samaradorligini natijadorlik 
sifatida  qaraydigan  tavsiyalar  mazkur  standartning  maqsadi  tashkilot  faoliyatini 
yaxshilash,  iste‘molchilar  va  boshqa  manfaatdor  tomonlarning  ehtiyojlarini 
qondirish; 
-  standart  ISO  9000  –  audit  o‘tkazish  va  atrof-muhitni  muhofaza    qilish 
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. 
GMP va ISO o‘rtasidagi asosiy tafovutlar: 
-  GMP  qoidalari  GMP,  GSP,  GPP  bilan  hamkorlikda  ishlaydigan,  sifatni 
boshqarish  tizimining  bir  qismi  bo‘lib,  ISO  9000  –  iqtisodiyot  (ishlab  chiqarish, 
savdo va shu kabilar)ning barcha sohalarida sifat menejmentining yaxlit universal 
tizimi; 
-  GMP  qoidalari  faqat  dori  vositalarni  ishlab  chiqarishga  taalluqli  bo‘lib, 
ISO  9000  esa  sanoatning  barcha  sohalari,  shu  jumladan  tibbiyot  sohasida  ham 
foydalaniladi. 
ISO  standartlari  tavsiya  xususiyatiga  ega  va  ularni  korxonalarga  joriy  etish 
rahbariyatning  ko‘ngilli  qaroriga  bog‘liq  hamda  avvalo,  ishlab  chiqargan 
mahsulotining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. 
 

Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari

 
Me‘yoriy  hujjatlardan  tashqari,  xar  bir  tibbiy  asbob-uskuna  ishlab 
chiqaruvchi korxona tomonidan  foydalanish hujjatlari bilan butlanadi. 
Dori vositalariga ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar, qadoqlarning 
yorliqlarida  esa  nomi,  qabul  qilish  tartibi,  yaroqlilik  muddati,  ishlab  chiqarilgan 
sana, turkumi va hokazolar ko‘rsatiladi. 

68 
 
Asboblar  yoki  buyumlar  bilan  birga  qutiga  solinadigan  yoki  qutining 
qopqog‘iga  elimlanadigan  

yorliq

  bilan  ta‘minlanadi.  Yorliqda  buyumning  nomi, 
uning  belgisi  yoki  indeksi,  texnik  ma‘lumotlar,  standart  raqami  yoki  TSH, 
buyumni  qabul  qilish,  bitta  qadoqdagi  mahsulot  to‘g‘risidagi  ma‘lumotlar,  ishlab 
chiqarilgan sanasi ko‘rsatiladi. 
Murakkab mahsulotlarga pasport yoki formulyar –varaqa ilova qilinadi. 

Pasport

  –  mahsulotning  asosiy  ustuvorliklari  va  tavsiflarini  o‘zida 
jamlagan  hujjatdir. Mazkur hujjatda  mahsulot, uning  texnik  ma‘lumotlari, etkazib 
berish to‘plami, qabul qilish shahodatnomasi, korxonaning kafolat majburiyati va 
saqlash haqida qadoqlashga doir umumiy ma‘lumotlar kursatiladi. 
Yangi  mahsulotlarga  ular  uchun  zarur  bo‘lgan  ishlatilganligi  va 
ishonchliligi  haqidagi  varaqa  –  

formulyar

  ilova  qilinadi.  Unga  asbobning 
ishlatilganligini  hisobga  olish  daftari  va  texnik  xizmat  ko‘rsatishi  to‘g‘risidagi 
varaqchalar va ma‘lumotlar kiritiladi. 
Zarur  hollarda  mahsulot  bilan  birga  texnik  ta‘rifnoma    va  foydalanish 
bo‘yicha  yo‘riqnoma  etkazib  beriladi.  Ko‘pincha  ushbu  hujjatlar  bitta  to‘plamga 
birlashtiriladi. Murakkab mahsulotlar uchun foydalanish hujjatlari tarkibiga 

texnik 


xizmat  ko‟rsatish

  va  joriy  ta‘mir  uchun  zarur  bo‘lgan  texnik  xizmat  ko‘rsatish  
to‘g‘risidagi yo‘riqnoma kiritiladi. 

 


Nazorat savollari:  


1.
 
Standartlash sohasida qanday hujjatlar qo‘llaniladi ? 
2.
 
Standartlar turlariga izox bering va misol keltiring. 
3.
 
Texnik  shartlarning  mazmunini  farmakopeya  maqolasining  mazmuni 
bilan solishtiring. 
4.
 
Korxona standartining maqsadi  nimada? 
5.
 
Standartlash  sohasida  me‘yoriy  hujjatlarning  toifalari  qanday?  Misol 
keltiring. 
6.
 
Tarmoq standartlari shartlari qanday? 
7.
 
Milliy, Xalqaro, Evropa Farmakopeyalar haqida nimalarni bilasiz? 
8.
 
Qayd etish jarayonini tugatish natijasida qanday hujjat beriladi? 
9.
 
Guvoxnoma kim nomiga beriladi? 
10.
 
Muvofiqlik  sertifikati    qaysi  muddatga  beriladi  va  kim  tomonidan 
rasmiylashtiriladi? 
11.
 
Qayd  etilgan  dori  vositalari  va  tibbiyot  buyumlari  Davlat  Reestridan 
foydalanib  guvohnomaga misol keltiring. 

 


Foydalanilgan adabiyotlar 


1. 
M.N. 
Ziyaeva, 
G.A. 
Sultonova. 
Tibbiyot 
tovarshunosligi. 
Darslik.Toshkent.O‘zbekiston 
Respublikasi 
Fanlar 
Akademiyasi 
«Fan»nashriyoti.2008.318 b. 
2.  M.N.  Ziyaeva.  Tibbiyot  tovarshunosligi.  Darslik.Toshkent.O‘zbekiston 
matbuot va axborot agentligining Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. 
2012. 335 b. 
3.  Хакимов  З.З.,  Зияева  М.Н.,  Тиллаева  Г.У.  Медицинское  и 
фармацевтическое товароведение. Учебное пособие.Ташкент, 2005г. 

69 
 
4. 
С.З.Умаров 
и 
др. 
Медицинское 
и 
фармацевтическое 
товароведение.Учебник. 2-е изд.,испр., М. ГЕОТАР-МЕД, 2004. 
5.  Н.Б.  Дрѐмова  Медицинское  и  фармацевтическое  товароведение. 
Учебное пособие. Курск. 2005г. 519 ср. 
6.  O‘zR  1997y.25.04  dagi‖Dori  vositalari  va  farmatsevtik  faoliyat 
to‘g‘risida‖ Qonuni. O‘zbekiston Respublikasida  farmatsevtika faoliyati. 
1-tom.Toshkent.2001 y. 
7.  ‖Mahsulotlar  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirish  to‘g‘risida‖  O‘zbekiston 
Respublikasining  1993y.  28.12  dagi  Qonuni.  O‘zbekiston  Respublikasida  
farmatsevtika faoliyati.1-tom.Toshkent.2001 y. 
8.  «Iste‘molchilarning  xuquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida‖  O‘zbekiston 
Respublikasi  1996y.26.04.  Qonuni.  O‘zbekiston  Respublikasida  farmatsevtika 
faoliyati.1-tom.Toshkent.2001 y. 
9. O‘zR Vazirlar Maxkamasining 1995y.25.05 dagi 181-sonli Qarori ―Dori 
vositalar  ,  tibbiy  buyumlar  va  davolash-profilaktika,  oziq-ovqatlar  sifati  ustidan 
nazoratini  tashkil  etish  to‘g‘risida‖.  O‘zbekiston  Respublikasida    farmatsevtika 
faoliyati.1-tom.Toshkent.2001 y. 
10.  ‖Ichki  bozorni  dori-  darmon  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  bilan 
ta‘minlashga  doir  chora-  tadbirlar  to‘g‘risida‖  Uzbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Maxkamasining  2000yil  5  avgustdagi  307-Qarori.  O‘zbekiston  Respublikasida  
farmatsevtika faoliyati.1-tom.Toshkent.2001 y. 
11. РСТ.Уз 1.0-92. Стандарт Республики Узбекиcтан. Государственная 
система стандартизации РУз.Основные положения. 
12.  O‘zbekitson  Respublikasining  sandartlashtirish  davlat  tizimi.Tarmoq 
sandartlarini  ishlab  chiqish,  kelishib  olish,  tasdiqlash  va  ro‘yxatga  olish  tartibi.  
Rasmiy nashr. RTs UZ 1.9-95 
13.  Т.  Панфилова.  «Медицинские  изделия.  Требуется  новая  система 
стандартизатсии».  Газета  «Фармацевтический  вестник»  №  15  от  29  апреля 
2003. 
14.  В.Багирова,  М.Денисова.  Лекарственное  средство  как  объект 
стандартизации. // Ремедиум. – 2002 сентябр. 
15  Т.Н.  Нурпеисов.  Стандарты  как  основа  управления  качеством 
медицинского  обслуживания  населения.  //  Фармация  Казахстана  –  2001 
август-сентябр.  
16.  Г.Миняйлик.  Современние  тенденции  стандартизатсии  и 
сертификатсии медицинских изделий // Ремедиум. – 2002 сентябр. 
17. Г.У. Тиллаева, А.М. Нажмитдинов. Современная система контроля 
качества  медицинских  изделий.  //  Ўзбекитсон  Фармацевтик  хабарномаси, 
2004й. №2. 
18.  Зияева  М.Н.,  Тиллаева  Г.У.,Тулаганов  А.А.  Современние 
тенденции  стандартизации  и  контроля  качества  медицинских  изделий»  // 
Ўзбекистон Фармацевтик хабарномаси, 2005й. №1. 
19.  Л.  Евтушенко.  Важные  события  для  Белорусской  Фармакопеи.  // 
Ремедиум. – 2007, июн. 

70 
 

5- mavzu : Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini qayd etish jarayoni 


Reja: 


1. Ruhsat berishga doir talablar va shartlar 
2.  Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  olish  uchun  zarur  bo‗lgan 
hujjatlar va namunalar 
3.  Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berish  to‗g‗risidagi  arizani 
ko‗rib  chiqish,  guvohnoma  berish  yoki  berishni  rad  etish  to‗g‗risida  qaror  qabul 
qilish 
4. Ro‗yxatdan o‗tkazish hujjatlariga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish 
5.  Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  qayta  rasmiylashtirish,  uning 
amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish 

 


Tayanch  so‟zlar  va  iboralar:

  ro„yxatdan  o„tkazish,  ro„yxatdan 
o„tkazilganlik  guvohnomasi,  guvohnoma  berish  tartibi,  tibbiyot  amaliyoti,  ruxsat 
berishga  doir  talablar  va  shartlar,

 


hujjatlar,  namunalar,  guvohnoma,  klinikadan 
oldingi tadqiqotlar, buyumlarning laboratoriya sinovlari va tahlillari. 

 


«Dori  vositalari  va  farmatsevtika  faoliyati  to‗g‗risida»  va  «Tadbirkorlik 
faoliyati  sohasidagi  ruxsat  berish  tartib-taomillari  to‗g‗risida»gi  O‗zbekiston 
Respublikasi qonunlariga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan 
o‗tkazish  hamda  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  berish  tartibi  «Dori 
vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ro‗yxatdan  o‗tkazish  hamda  ro‗yxatdan 
o‗tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‗g‗risida»gi

 


Nizomda  belgilangan.  Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ro‗yxatdan 
o‗tkazish  hamda  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berish  O‗zbekiston 
Respublikasi  Sog‗liqni  saqlash  vazirligining  Dori  vositalari  va  tibbiy  texnika 
sifatini  nazorat  qilish  bosh  boshqarmasi  tomonidan  Nizomning  1-ilovasiga 
muvofiq sxema bo‗yicha amalga oshiriladi.   
Dori  vositalari  va tibbiy  buyumlarni  ro‗yxatdan o‗tkazish  yuridik shaxslar 
bo‗lgan  tadbirkorlik  sub‘ektlariga  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning 
ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasi berilishini nazarda tutadi. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarni  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  tibbiyot  amaliyotida  qo‗llash 
uchun asos hisoblanadi. 
Ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasining  amal  qilish  davrida  dori 
vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ro‗yxatdan  o‗tkazish  hujjatlaridagi  ma‘lumotlar 
o‗zgargan taqdirda, tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan Bosh boshqarmaga taqdim 
etilgan  ariza  va  o‗zgarishlarga  taalluqli  hujjatlar  asosida  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish hujjatlariga tegishli o‗zgartirish va qo‗shimchalar 
kiritiladi. 

71 
 
Xorijiy  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ro‗yxatdan  o‗tkazish  hamda 
ular  uchun  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  berish  Nizomga  muvofiq 
amalga oshiriladi. 
 

5.1. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar 


Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  asosida  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarni  tibbiy  amaliyotda  qo‗llashda  tadbirkorlik  sub‘ekti  tomonidan 
bajarilishi shart bo‗lgan talablar va shartlar quyidagilardan iborat: 
dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ro‗yxatdan  o‗tkazish  uchun  murojaat 
qilgan  tadbirkorlik  sub‘ektlari  tomonidan  ularni  tibbiy  amaliyotda  qo‗llashda 
qonun hujjatlariga so‗zsiz rioya etish; 
ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ro‗yxatdan 
o‗tkazilganlik  guvohnomasi  egasi  tomonidan  ro‗yxatdan  o‗tkazish  hujjatlariga 
o‗zgartirish  yoki  qo‗shimchalar  kiritish  to‗g‗risida,  mazkur  o‗zgartirishlar 
kiritilishining  sabablari,  ularning  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning 
samaradorligi,  xavfsizligi,  sifat  ko‗rsatkichlariga  ta‘siri  haqida  to‗liq  ma‘lumot 
keltirilgan  holda  Bosh  boshqarmaga  axborot  berish,  jumladan  dori  vositasining 
farmakologik  samaradorligi  va  xavfsizligiga  doir  yangi  ma‘lumotlar  to‗g‗risida 
Bosh boshqarmani muntazam ravishda xabardor qilib turish; 

 


5.2.  Ro„yxatdan  o„tkazilganlik  guvohnomasini  olish  uchun  zarur 


bo„lgan hujjatlar va namunalar 


Ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasini olish uchun tadbirkorlik sub‘ekti 
(yoki  uning  nomidan  harakat  qiluvchi  ishonchli  shaxs)  Bosh  boshqarmaga 
quyidagilarni taqdim etadi: 
a) ariza; 
b) tadbirkorlik sub‘ektining davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi 
guvohnoma nusxasi; 
v)  dori  vositalari  yoki  tibbiy  buyumlarning  ro‗yxatdan  o‗tkazish 
hujjatlarining bir xildagi ikki nusxasi; 
g)  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  normativ  hujjatlar  talablariga 
muvofiqligini  aniqlash  maqsadida  dori  vositalarining  uchta  sanoat  seriyalarida 
(xorijiy dori vositalari uchun bitta seriya) uch marotaba sinovlar o‗tkazilishi uchun 
zarur  bo‗lgan  miqdordagi  va  tibbiy  buyumlarning  normativ  hujjatlariga  muvofiq 
sinovlar  o‗tkazilishi  uchun  zarur  bo‗lgan  miqdordagi  standart  namunalari, 
substansiyalar  (dori  moddalari),  yot  va  o‗xshash  moddalar  standartlari,  maxsus 
reaktivlar va ularning sifat sertifikatlari. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  olish  uchun  zarur  bo‗lgan 
hujjatlar va  tegishli  namunalar  Bosh  boshqarmaga  bevosita,  pochta  aloqa  vositasi 
orqali  yoki  elektron  shaklda,  ular  olinganligi  haqidagi  xabarnoma  bilan  birga 
taqdim  etiladi.  Elektron  shaklda  taqdim  etilgan  hujjatlar  tadbirkorlik  sub‘ektining 
elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Bunda namunalar bevosita yoki pochta 
aloqa vositasi orqali taqdim etiladi. 

72 
 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  olish uchun  Bosh boshqarmaga 
taqdim  etilgan  hujjatlar  va  tegishli  namunalar  ro‗yxat  bo‗yicha  qabul  qilinadi, 
ro‗yxat  hujjatlarning  qabul  qilingan  sanasi  va  qabul  qilgan  shaxsning  lavozimi, 
familiyasi,  ismi  ko‗rsatilib,  imzosi  qo‗yilgan  holda  darhol  tadbirkorlik  sub‘ektiga 
beriladi (yuboriladi). 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  olish  uchun  taqdim  etilgan 
hujjatlardagi maxfiy  ma‘lumotlar Bosh boshqarma tomonidan oshkor qilinmasligi 
lozim. 

 


5.3.  Ro„yxatdan  o„tkazilganlik  guvohnomasi  berish  to„g„risidagi 


arizani  ko„rib  chiqish,  guvohnoma  berish  yoki  berishni  rad  etish  to„g„risida 


qaror qabul qilish 


Bosh boshqarma dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish 
ishlarini belgilangan tartibda, tegishli bo‗limlar orqali amalga oshiradi. 
Tadbirkorlik sub‘ektlarining ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasi berish 
to‗g‗risidagi arizasini ko‗rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining 10 barobari 
miqdorida  yig‗im  undiriladi.  Yig‗im  summasi  Dori  vositalari  ekspertizasi  va 
standartizatsiyasi  davlat  markazining  (keyingi  o‗rinlarda  Davlat  markazi  deb 
ataladi) hisob raqamiga o‗tkaziladi. Tadbirkorlik sub‘ekti ro‗yxatdan o‗tkazilganlik 
guvohnomasi  berish  to‗g‗risida  bergan  arizasidan  voz  kechgan  taqdirda  to‗langan 
yig‗im summasi qaytarilmaydi. 
Horijiy  ishlab  chiqaruvchining  (yoki  uning  nomidan  harakat  qiluvchi 
ishonchli  shaxsning)  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berish,  unga 
o‗zgartirishlar  va  qo‗shimchalar  kiritish,  dublikat  berish,  guvohnomaning  amal 
qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish to‗g‗risidagi arizasini ko‗rib 
chiqish  uchun  yig‗im  summasi  O‗zbekiston  Respublikasi  Sog‗liqni  saqlash 
vazirligi  tomonidan,  Bosh  boshqarmaning  ko‗rsatilgan  tartibotlarni  amalga 
oshirishga harajatlari summasi doirasida belgilanadi. 
Bosh  boshqarma  tadbirkorlik  sub‘ektining  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik 
guvohnomasi  berish  to‗g‗risidagi  arizasini  ariza  qabul  qilingan  sanadan  boshlab 
180 ish kunidan oshmaydigan  muddatda ko‗rib  chiqadi,  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik 
guvohnomasi beradi yoki berishni rad etadi. Ro‗yxatdan o‗tkazish uchun umumiy 
belgilangan 180 ish kunidan oshmaydigan muddatga quyidagilar kiritilmaydi: 
dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ekspertizadan  o‗tkazish  jarayonida 
aniqlangan  kamchiliklarni  bartaraf  etish  va  ariza  beruvchi  tomonidan  tegishli 
hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat; 
klinik sinovlar o‗tkazish uchun tegishli tartibda kelishilgan klinik bazalarga 
ariza  beruvchi  tomonidan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  namunalarini  hamda 
klinik  sinovlar  dasturlarini  taqdim  etish  uchun  belgilangan  45  ish  kunidan 
oshmaydigan muddat; 
bevosita klinik sinovlarning o‗tkazilish muddatlari. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berish  uchun  eng  kam  oylik  ish 
haqining  ikki  barobari  miqdorida  yig‗im  undiriladi.  Yig‗im  summasi  Davlat 
markazining hisob raqamiga o‗tkaziladi. 

73 
 
Bosh  boshqarma  amalga  oshirilgan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni 
ro‗yxatdan  o‗tkazish  ishlari  natijalari  bo‗yicha  tegishli  qaror  qabul  qilingan 
sanadan e‘tiboran bir ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik sub‘ektiga ro‗yxatdan 
o‗tkazilganlik  guvohnomasini  berishi  yoki  bunday  hujjatni  berishning  rad 
etilganligi to‗g‗risida uni yozma shaklda xabardor qilishi kerak. 
Bosh boshqarma dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish 
hujjatlarini  baholash  doirasida  ishlab  chiqarish  sharoitlarini,  dori  vositalari  va 
tibbiy  buyumlarning  normativ  hujjatlar  talablariga  muvofiqligini,  sifati, 
samaradorligi va xavfsizligi, qo‗llashda kutilayotgan samaraning inson salomatligi 
xavfiga  nisbatini  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ro‗yxatdan  o‗tkazish 
to‗g‗risida qaror qabul qilish maqsadida mustaqil ravishda yoki uchinchi tomonni 
yoxud xolis ekspertlarni jalb etgan holda quyidagi ekspertiza ishlari, tekshiruvlar, 
sinovlar, tahlillar, tadqiqotlar, o‗rganishlar va ilmiy-texnik baholashlarni o‗tkazishi 
mumkin: 
dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ro‗yxatdan  o‗tkazish  hujjatlarini 
ekspertizadan o‗tkazish; 
dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ishlab  chiqarish  sharoitlari,  ishlab 
chiqaruvchi  muassasaning  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  sifat  nazoratini  olib 
borish  qoidalari  talablariga  muvofiqligini,  sifatni  boshqarish  tizimini  (dori 
vositalarining  sifatini  muvofiqlashtiruvchi  xalqaro  standartlar  ishlab  chiqaruvchi 
tashkilotda  joriy  etilgan  bo‗lsa)  baholash,  aniqlash  maqsadida  inspeksion 
tekshiruvlar o‗tkazish; 
dori vositalari va tibbiy buyumlarning laboratoriya sinovlari va tahlillarini 
o‗tkazish; 
tarkibida  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  va  prekursorlar 
bo‗lgan dori vositalari hujjatlarini ekspertizadan o‗tkazish; 
farmakologik, toksikologik tadqiqotlar o‗tkazish; 
klinikadan oldingi tadqiqotlar, bioekvivalentlik sinovlar o‗tkazish. 
ro‗yxatdan o‗tkazish bo‗limi: 
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun ariza qabul 
qilingandan  so‗ng  ariza  hamda  unga  ilova  qilingan  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarning namunalari va ro‗yxatdan o‗tkazish hujjatlarini birlamchi (dastlabki) 
ekspertizadan  (tekshiruvdan)  o‗tkazadi.  Ekspertiza  jarayonida  ariza  va  hujjatlarni 
taqdim  etishning  maqsadi,  dorining  turi  va  farmakoterapevtik  guruhiga  muvofiq  
(dori vositalari uchun) va  (tibbiy buyumlar uchun talab etilgan hujjatlar to‗plamini 
ko‗rib chiqadi; 
buyurtmachi bilan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish 
masalalari bo‗yicha tegishli yozishmalar olib boradi; 
birlamchi  (dastlabki)  ekspertizaning  ijobiy  natijalari  asosida  Davlat 
markazi va arizachi o‗rtasida shartnoma tuzilishini ta‘minlaydi va hisob varaqasini 
rasmiylashtiradi; 
belgilangan  yig‗im  summasi  tadbirkorlik sub‘ekti tomonidan  to‗langandan 
keyin dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun ariza hamda 
ilova  qilinadigan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  namunalarini  va 

74 
 
ro‗yxatdan o‗tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‗tkazish uchun Davlat markaziga, 
Farmakologiya,  Farmakopeya,  Yangi  tibbiy  texnika  qo‗mitalariga,  shuningdek 
Narkotiklarni  nazorat  qilish  qo‗mitasiga  (dori  vositalari  tarkibida  giyohvand 
vositalar,  psixotrop  moddalar  va  prekursorlar  mavjud  bo‗lgan  taqdirda)  taqdim 
etadi. 
Ekspertlar  kengashi  Farmakopeya,  Farmakologiya,  Yangi  tibbiy  texnika 
qo‗mitalari,  shuningdek  Bosh  boshqarmaning  boshqa  bo‗linmalari  xulosalari 
asosida  tibbiyot  amaliyotida  dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  qo‗llashga 
ruxsat  berish  yoki  ruxsat  berishni  rad  etish  to‗g‗risida  etti  ish  kuni  mobaynida 
qaror  qabul qiladi.  Bosh  boshqarma  Ekspertlar  kengashi  qarori  qabul qilingandan 
keyin  bir  ish  kuni  mobaynida  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berish  yoki 
uni berishni rad etish to‗g‗risida buyruq chiqaradi. 
Ro‗yxatdan o‗tkazish bo‗limi Bosh boshqarma buyrug‗iga muvofiq bir ish 
kuni mobaynida sub‘ektga ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasini dori vositalari 
va  tibbiy buyum uchun rasmiylashtiradi va beradi (yoki yuboradi). 
Quyidagilar  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berishni  rad  etish 
uchun asos bo‗lishi mumkin : ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasi berish uchun 
zarur  bo‗lgan  hujjatlarning,  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  namunalarining  va 
boshqa  talab  qilinadigan  materiallarning  tadbirkorlik  sub‘ekti  tomonidan  to‗liq 
bo‗lmagan hajmda taqdim etilishi;tadbirkorlik sub‘ektining ruxsat berish talablari 
va  shartlariga  nomuvofiqligi;tadbirkorlik  sub‘ekti  tomonidan  taqdim  etilgan 
hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‗rsatilgan ma‘lumotlarning mavjudligi; 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  berishning  rad  etilganligi 
to‗g‗risidagi  xabarnoma  tadbirkorlik  sub‘ektiga  yozma  shaklda,  rad  etishning 
sabablari, qonunchilikning aniq normalari hamda tadbirkorlik sub‘ekti ko‗rsatilgan 
sabablarni  bartaraf  etib,  hujjatlarni  takroran  ko‗rib  chiqish  uchun  taqdim  etishi 
mumkin  bo‗lgan  muddat  ko‗rsatilgan  holda  yuboriladi  yoki  beriladi  (taqdim 
etiladi).  Tadbirkorlik  sub‘ekti  rad  etish  sabablarini  bartaraf  etishga  va  takroriy 
ko‗rib  chiqish  uchun  hujjatlarni  taqdim  etishga  haqli  bo‗lgan  muddat  ro‗yxatdan 
o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berishni  rad  etish  to‗g‗risidagi  xabarnoma  olingan 
kundan boshlab 10 ish kunidan kam bo‗lishi mumkin emas. 
Ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasi berish uchun asos bo‗lgan sabablar 
belgilangan  muddatda  tadbirkorlik  sub‘ekti  tomonidan  bartaraf  etilgan  taqdirda, 
hujjatlarni  takroran  ko‗rib  chiqish  va  ekspertiza  jarayonini  davom  ettirish  Bosh 
boshqarma  tomonidan  sub‘ektning  rad  etish  sabablari  bartaraf  etilganligi 
to‗g‗risidagi  arizasi  hamda  rad  etish  sabablari  bartaraf  etilganligini  tasdiqlovchi 
tegishli  hujjatlar  olingan  kundan  boshlab  10  ish  kunidan  oshmaydigan  muddatda 
amalga  oshiriladi.Tadbirkorlik  sub‘ekti  arizasining  takroran  ko‗rib  chiqilganligi 
uchun yig‗im undirilmaydi. 
Agar  rad  etish  sabablarining  tadbirkorlik  sub‘ekti  tomonidan  bartaraf 
etilishi  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  sifati,  samaradorligi  va  xavfsizligi 
xossalarining o‗zgarishiga olib kelsa, u  holda  ariza  yangidan berilgan hisoblanadi 
va Bosh boshqarma tomonidan umumiy asoslarda ko‗rib chiqiladi. 

75 
 
 Ro‗yxatdan 
o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berishning  rad  etilgani 
to‗g‗risidagi  xabarnomada  ko‗rsatilgan  muddat  o‗tgandan  keyin  tadbirkorlik 
sub‘ekti  tomonidan  berilgan  ariza  yangidan  berilgan  hisoblanadi  va  Bosh 
boshqarma tomonidan umumiy asoslarda ko‗rib chiqiladi. 

 


 


 

5.4. Ro„yxatdan o„tkazish hujjatlariga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish 


Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  ro‗yxatdan  o‗tkazish  hujjatlarida 
keltirilgan  ma‘lumotlar  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasining  amal  qilish 
muddati  davomida  o‗zgargan  taqdirda  tadbirkorlik  sub‘ekti  Bosh  boshqarmaga 
tegishli  hujjatlarni  ilova  qilgan  holda  o‗zgartirish  va  qo‗shimchalar  kiritish 
to‗g‗risidagi  ariza  bilan  murojaat  qiladi  hamda  zarurat  bo‗lganda  namunalar  va 
standartlarni taqdim etadi. 
Bunda  o‗zgartirishlar  dori  vositasi  va  tibbiy  buyumning  sifati, 
samaradorligi  va xavfsizligiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatishi  mumkin  bo‗lgan  holatlarda 
Bosh boshqarma o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritishni asosli ravishda rad etadi. 
Tadbirkorlik  sub‘ektining  ro‗yxatdan  o‗tkazish  hujjatlariga  o‗zgartirish  va 
qo‗shimchalar  kiritish  to‗g‗risidagi  arizasi  Bosh  boshqarmaning  tegishli 
bo‗linmalari  vakolatlari  doirasida  90  ish  kunidan  oshmaydigan  muddatda  ko‗rib 
chiqiladi.  Tadbirkorlik  sub‘ektining  ro‗yxatdan  o‗tkazish  hujjatlariga  o‗zgartirish 
va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risidagi arizasi ko‗rib chiqilganligi uchun ro‗yxatdan 
o‗tkazilganlik  guvohnomasi  berish  to‗g‗risidagi  ariza  ko‗rib  chiqilganligi  uchun 
to‗lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‗im undiriladi. 

Buyurtmachi  


SSV 


Qayd etish guvohnomasi 


 
 

Ekspert organlar  


YATTK 


 

76 
 
Ro‗yxatdan  o‗tkazish  hujjatlariga  o‗zgartirishlar  kiritish  ro‗yxatdan 
o‗tkazilganlik guvohnomasida keltirilgan ma‘lumotlarni o‗zgartirishni talab qilgan 
taqdirda,  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasiga  tegishli  o‗zgartirishlar 
kiritiladi. 

 


5.5.  Ro„yxatdan  o„tkazilganlik  guvohnomasini  qayta  rasmiylashtirish, 


uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish 


Tadbirkorlik  sub‘ekti  qayta  tashkil  etilganda,  uning  nomi  yoki  joylashgan 
joyi  o‗zgarganda,  faoliyat  ko‗rsatish  joyini  (pochta  manzilini)  o‗zgartirmasdan 
tadbirkorlik sub‘ekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‗yxatdan o‗tkazilgandan 
keyin  etti  ish  kuni  mobaynida  Bosh  boshqarmaga  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik 
guvohnomasini  qayta  rasmiylashtirish  to‗g‗risida,  ko‗rsatilgan  ma‘lumotlarni 
tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart. 
Hujjatlar  tadbirkorlik  sub‘ekti  tomonidan  Bosh  boshqarmaga  bevosita 
yoxud  pochta  aloqa  vositasi  orqali,  ularning  etkazib  berilganligi  yoki  elektron 
shaklda  olinganligi  to‗g‗risidagi  xabarnoma  bilan  birga  taqdim  etiladi.  Elektron 
shaklda  taqdim  etilgan  hujjatlar  tadbirkorlik  sub‘ektining  elektron  raqamli  imzosi 
bilan tasdiqlanadi. 
Tadbirkorlik  sub‘ektidan  ushbu  bandda  nazarda  tutilmagan  hujjatlarning 
taqdim etilishini talab qilishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  qayta  rasmiylashtirilgungacha, 
ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  qayta  rasmiylashtirish  to‗g‗risida  ariza 
bergan  tadbirkorlik  sub‘ekti  yoki  uning  huquqiy  vorisi  dori  vositasi  va  tibbiy 
buyumni 
qo‗llashni 
ro‗yxatdan 
o‗tkazilganlik 
guvohnomasini 
qayta 
rasmiylashtirish  to‗g‗risida  berilgan  ariza  asosida,  vakolatli  organning  arizani 
qabul qilish sanasi to‗g‗risidagi belgisi bilan amalga oshiriladi. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  qayta  rasmiylashtirishda  Bosh 
boshqarma  berilgan  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomalari  reestriga  tegishli 
o‗zgartirishlar  kiritadi.  Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  qayta 
rasmiylashtirish  va  berish  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  qayta 
rasmiylashtirish  to‗g‗risidagi  ariza  tegishli  hujjatlar  ilova  qilingan  holda  Bosh 
boshqarma  tomonidan  olingan  kundan  boshlab  5  ish  kunidan  ko‗p  bo‗lmagan 
muddatda amalga oshiriladi. 
Ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirganlik uchun 
tadbirkorlik  sub‘ektining  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  berish 
to‗g‗risidagi  arizasi  Bosh  boshqarma  tomonidan  ko‗rib  chiqilganligi  uchun 
to‗lanadigan  summaning  yarmi  miqdorida  yig‗im  undiriladi.  Yig‗im  summasi 
Davlat markazining hisob raqamiga o‗tkaziladi. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasining  amal  qilish  muddati 
tadbirkorlik  sub‘ekti  tomonidan  Bosh  boshqarmaga  zarur  hujjatlar  ilova  qilingan 
holda  berilgan  arizasiga  binoan  uzaytirilishi  mumkin.  Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik 
guvohnomasining  amal  qilish  muddatini  uzaytirish  to‗g‗risidagi  ariza  Bosh 
boshqarmaga  uning  amal  qilish  muddati  tugashidan  oldin  uch  oy  mobaynida 
berilishi kerak. Ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini 

77 
 
uzaytirish ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasining  amal  qilish  muddatini 
uzaytirganlik 
uchun 
tadbirkorlik 
sub‘ektining  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik 
guvohnomasini berish to‗g‗risidagi arizasi ko‗rib chiqilganligi uchun to‗lanadigan 
summaning  yarmi  miqdorida  yig‗im  undiriladi.  Yig‗im  summasi  Davlat 
markazining hisob raqamiga o‗tkaziladi. 
Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  yo‗qolgan  yoki  yaroqsiz  bo‗lib 
qolgan taqdirda tadbirkorlik sub‘ektining arizasiga binoan uning dublikati beriladi. 
Bosh  boshqarma  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  dublikatini  ariza, 
shuningdek  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  yaroqsiz  holga  kelganda  — 
uning  asl  nusxasi  hamda  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasi  dublikati 
berilganligi  uchun  tadbirkorlik  sub‘ekti  tomonidan  yig‗im  to‗langanligini 
tasdiqlovchi  hujjat  olingan  kundan  boshlab  besh  ish  kunidan  ko‗p  bo‗lmagan 
muddatda berishi yoki yuborishi shart. 
Ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasi dublikati berilganligi uchun Bosh 
boshqarma  tomonidan  tadbirkorlik  sub‘ektining  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik 
guvohnomasini  berish  to‗g‗risidagi  arizasi  ko‗rib  chiqilganligi  uchun  dublikat 
berish  to‗g‗risidagi  ariza  berilgan  sanada  to‗lanadigan  summaning  yarmi 
miqdorida yig‗im undiriladi. Yig‗im summasi Davlat markazining hisob raqamiga 
o‗tkaziladi. 

Ro„yxatdan o„tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to„xtatib 


turish, to„xtatish va uni bekor qilish 


Ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to‗xtatib turish, 
to‗xtatish  va  uni  bekor  qilish  «Tadbirkorlik  faoliyati  sohasidagi  ruxsat  berish 
tartib-taomillari  to‗g‗risida»gi  O‗zbekiston  Respublikasi  Qonunining  tegishli 
ravishda  22,  23  va 25-moddalarida  nazarda  tutilgan holatlarda  va  tartibda  amalga 
oshiriladi. Quyidagilar ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasining amal qilinishini 
belgilangan  tartibda  to‗xtatish  uchun  asos  bo‗ladigan,  ruxsat  berish  talablari  va 
shartlarining  bir  marotaba  qo‗pol  ravishda  buzilishiga  kiradi:  Bosh  boshqarma 
tomonidan belgilangan tartibda o‗tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga 
rioya  etilishini  tekshiruvlardan  bosh  tortish;  ular  uchun  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik 
guvohnomasi  berilgan  harakatlarni  va  (yoki)  muayyan  faoliyatni  amalga  oshirish 
natijasida fuqarolar hayoti va sog‗lig‗iga zarar etkazish yoxud zarar etkazilishining 
real xavfini paydo qilish. 
 

Berilgan ro„yxatdan o„tkazilganlik guvohnomalari reestri 


 


Bosh  boshqarma  berilgan  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomalari 
reestrini yuritadi va uni o‗z saytlarida joylashtiradi. 
Berilgan  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomalari  reestrida  tadbirkorlik 
sub‘ektlari  to‗g‗risidagi  quyidagi  ma‘lumotlar  ko‗rsatiladi:  tadbirkorlik 
sub‘ektining  nomi,  uning  tashkiliy-huquqiy  shakli,  manzili,  telefoni;  dori 
vositasining  savdo,  xalqaro  patentlanmagan  nomi,  dorining  shakli,  dozasi, 

78 
 
chiqarilish  shakli  va  tibbiy  buyumlarning  nomi,  modeli,  shakli,  turi,  sarflash  va 
butlovchi  qismlari  va  boshqalar;  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasining 
berilgan sanasi va tartib raqami; ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasining amal 
qilish  muddati;  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  guvohnomasini  qayta  rasmiylashtirish, 
uning  amal  qilish  muddatini  uzaytirish,  to‗xtatib turish, uni  bekor qilish  va uning 
dublikatini  berishning  asosi  va  sanasi.  Berilgan  ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik 
guvohnomalari reestridagi ma‘lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan 
tanishishi uchun ochiq hisoblanadi. 

Nazorat savollari: 


1.  Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  qayd  etish  jarayoni  qaysi  idora 
tomondan amalga oshiriladi? 
2.  Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  qayd  etish  jarayoni    qanday  
bosqichlarda o‗tkaziladi? 
3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish jarayoni uchun 
qanday to‗lovlar amalga oshiriladi? 
4. Ro‗yxatdan o‗tkazish jarayoni uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi? 
5.  Ro‗yxatdan  o‗tkazish  jarayoni  tugatilishi  bilan    qanday  hujjat 
rasmiylashtiriladi? 
6. Qanday muddat ichida ro‗yxatdan o‗tkazish jarayoni tugatilishi lozimi? 
7.  Ro‗yxatdan  o‗tkazilganlik  ―  Qayd  etish  guvoxnomasi‖  necha  yilga 
beriladi? 
 

Foydalanilgan adabiyotlar: 


 


1. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 
dekabrdagi 352-son qarori  
2.  O‗zbekiston  Respublikasida  farmatsevtika  faoliyati.  A.N.Yunusxodjaev 
tahriri ostida, 2001.- T.1 - 2. 
3. 
―Управление 
экономикой 
фармации. 
Фармацевтическая 
деятельность: организация и регулирование‖. Москва, 2003. Том 1, под ред. 
Э.Е. Лоскутовой. 
4.  ―Организация  и  экономика  фармации‖.  Под  ред.  И.В.  Косовой. 
Москва. 2002. 
5.  O‗zbekiston  Respublikasi  ―Iste'molchilarning  huquqini  himoya  qilish 
to‗g‗risida‖gi  qonuni  //  O‗zbekiston  Respublikasida  farmatsevtika  faoliyati  // 
Toshkent, 2001. T-1. 
6.  ―Dori  vositalari  va  farmatsevtika  faoliyati  to‗g‗risida‖  O‗zbekiston 
Respublikasi  Qonuni.  O‗zbekiston  Respublikasida  farmatsevtika  faoliyati  // 
Toshkent, 2001.T-1. 
7.  ‖Fuqarolar  sog‗lig‗ini  saqlash‖  to‗g‗risida  O‗zbekiston  Respublikasi 
Qonuni.O‗zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati // Toshkent, 2001. T-1. 
8. ―Mulkchilik to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi Qonuni. O‗zbekiston 
Respublikasida farmatsevtika faoliyati // Toshkent, 2001. T-1. 

79 
 
9.  ―Mahsulotlar  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirish  to‗g‗risida‖  O‗zbekiston 
Respublikasining  Qonuni.  O‗zbekiston  Respublikasida  farmatsevtika  faoliyati  // 
Toshkent, 2001. T-1. 
10.  Редкие  заболевания  всѐ  чаще.//Новая  аптека,  Эффективное 
управление. №4, 2014.-С.60-62. 
11.  М.Я.  Ибрагимова  «СОЛС-путеводитель  для  врача  в  мире 
лекарственных препаратов» .// Организация и управление здравоохранением. 
Тошкент №5 (23),2012г. 
12. 
Как 
разрабатывать 
и 
осуществлять 
государственную 
лекарственную  политику  –  (Руководящие  принципы  по  разработки 
государственной лекарственной политики, 1988 год) 2-издания – Всемирная 
организация здравоохранения , 2001 год 
 

 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 



80 
 

6-mavzu: Tibbiyot tovarlarini qadoqlash. 


Tovarlar markirovkasi, tovar va xizmat ko‟rsatish belgilari. 


Reja: 


1. Qadoq, uning tasnifi va qo‘yiladigan talablar. 
2. Tara(idish)turlari va ularga qo‘yiladigan talablar. 
3. Tovarlarni rusumlash (markirovkalash). 
4. Tovarlar yaroqlilik muddati. 
 

Tayanch  iboralar:  

qadoqlar,  birlamchi,  ikkilamchi,  guruhiy,  transport 
qadog‟i,  qadoqlash,  elementlar,tiqinlash  vositalari,  idish,  joylashtirish,  tashish, 
rusum,  tovar  belgilari,tovar  belgilarini  qayd  etish,  xizmat  ko‟rsatish 
belgilari,ximoya  belgilari,  saqlashuchun  aloxida  talablar,  saqlash  muddati, 
yaroqlilik muddati, parti, seriya. 

 


6.1. Qadoq, uning  tasnifi va qo‟yiladigan talablar 


Qadoq  

–  tibbiy  buzilishlar  va  yo‘qolishlardan,  atrof-muhitni  esa 
ifloslanishdan himoya qiladigan vosita yoki vositalar majmuidir. Qadoqning asosiy 
vazifasi qadoqlangan tibbiy tovarlarni  noqulay tashqi sharoitlardan ximoya qilish, 
shuningdek  tovarlarning  miqdorini  kamayishi  hamda  atrof-muhitni  ifloslanishini 
oldini  olishdir.  Idishlar,  qadoqlash  yoki  bog‘lash  ashyolari  qadoqlash  qismlari 
hisoblanadi. 
Qadoqlash  jarayoni  –  mahsulotni  tashish,  saqlash,  sotish  va  iste‘mol 
qilishga tayyorlashdir.  
Qadoqdangan  tibbiyot  tovarlarni  kuyidagicha  belgilar  bo‘yicha  tasniflash 
mumkin. 
1.
 
ishlatilishi bo‘yicha 
2.
 
miqdori bo‘yicha 
3.
 
bajaradigan vazifasi bo‘yicha 
Bajaradigan  vazifasiga  ko‘ra  qadoq  iste‘mol,  transport  (tashish),  ishlab-
chiqarish va konservatsiya qadog‘iga bo‘linadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Qadoqlarni bajariladigan funktsiyasi bo‟yicha tasnifi 


Qadoq 


Transport qadog‟i 


 

Iste‟mol qadog‟i 


 

Konservatsiya qadog‟i 


 

Ishlab chiqarish qadog‟i 


 

81 
 
 

Iste‟mol  qadog‟i

  mahsulot  bilan  birgalikda  iste‘molchiga  kelib  tushadi, 
tovarning  bir  kismi  bo‘lib  uning  umumiy  narxiga  kiradi.  Bunday  qadoq  turi 
mustaqqil  tashishga  muljallangan  bo‘lib,  uning  og‘irligi,  o‘lchamlari  cheklangan 
bo‘ladi.Transport  (tashish)  qadog‘i  –  tovarni  iste‘mol  qadog‘idagi  yoki 
qadoqlanmagan  tovarni  tashishga  mo‘ljallangan  bo‘lib  alohida  mustaqil  tashish 
vositasi sifatida ishlatiladi.  

Ishlab-chikarish  qadog‟i-

  ishlab-chiqarish  jarayonini  tashkil  qilishda 
uning  texnologik  kismi  sifatida    ishlatiladi,  mahsulotni  chakana  savdosi  uchun 
muljallanmagan. 

Konservatsiya qadog‟i

- xom ashyo, buyumlarni, texnik vositalarni, xavfli 
chiqindilarni uzoq muddat saqlanishiga mo‘ljallangan. 
Qadoqlar tarkibi bo‘yicha ikkita turga bo‘linadi: idish (tara) va yordamchi 
qadoqlash vositalari. Idish  (tara) qadoqning muxim, ba‘zi xollarda, yagona qismi 
bo‘lib, tovarni joylashtirishga mo‘ljallangan. 
Yordamchi  qadoqlash  vositalari  qadoqlarning  qismi  sifatida  iste‘mol  va 
tashish  qadog‘ida  ishlatiladi.  Ularga  tiqin  vositalari,  yorliqlar,  qoplamalar, 
birlashtiruvchi qismlar kiradi. 
Ishlatilishi  bo‘yicha  qadoqlar  birlamchi,  ikkilamchi  va  uchlamchi  turlarga 
bo‘linadi. 

Birlamchi  (individual)  qadoq

-  mahsulotni  uzoq  muddat  davomida 
saqlanishiga  mo‘ljallangan  bo‘lib,  mahsulotga  hech  qanday  salbiy  ta‘sir 
ko‘rsatmaydi  yoki  u  bilan  reaktsiyaga  kirishmaydi.  Ularga  flakonlar,  shisha 
idishlar,  karsulalar,  shprits-tyubiklar,  ampulalar,  polimer  idishlar  qon  uchun, 
aerozol ballonlar va boshq. kiradi. 
 
 
 
 
 
 
 

 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


Qadoqlarga qo‟yiladigan talablar 


Qadoqlarga qo‟yiladigan talablar 


Ekologik toza 


 

Xavfsiz  


Bir-birini o‟rniga ishlatilishi 


 
 
 
 
 

Bir biriga to‟g‟ri kelishi 


Ishonchlilik  


 

Estetik hususiyat  


 

Iqtisodiy samarasi 



82 
 
Dori vositalar bilan aloqada bo‘lgan birlamchi (individual) qadoqga aloxida 
talablar qo‘yiladi: 
- bo‘g‘ va havo o‘tkazmasligi; 
- kimyoviy indiferentligi dori preparatga nisbatan; 
- mustaxkamligi; 
- harorat ta‘siriga turg‘unligi; 
- yorug‘lik nurini o‘tkazmasligi; 
- mikroorganizmlarga turg‘unligi. 
Bu  talablardan  tashqari  qadoqlarning  iste‘mol  hususiyatlariga  ham  e‘tibor 
beriladi: 
- qadoqni tashishga qulayligi, 
- tovarni ishlatilishi va saqlanishi haqida axborot mavjudligi, 
- yoqimli tashqi ko‘rinishi, 
- qadoqni qulay ishlatilishini ta‘minlaydigan 
-  ishlatilgan  qadoqni  onson  yo‘qotilishi  yoki  ishlatilgan  qadoqni  qayta 
ishlatish imkoniyati.   
Dastlabki  birlamchi  qadoq  –  amaldagi  modda  qadoq  ashyosi  (kukunlar 
uchun  kapsulalar,  ampulalar  va  h.)  bilan  bevosita  aloqada  bo‘ladigan  yakka 
tartibdagi qadoqdir. Birlamchi qadoq dori-vositaga nisbatan indifferent, ya‘ni dori 
moddaga  zararli  ta‘sir  o‘tkazmaydigan  yoki  u  bilan  reaktsiyaga  kirishmaydigan 
bo‘lishi lozim. 

Ikkilamchi qadoq

 – birlamchi qadoqni tashqi omillardan ximoya qilishga 
mo‘ljallangan  vositadir.  Ikkilamchi  qadoq  bir  nechta  birlamchi  qadoqlarni  o‘z 
ichiga olib ularni saqlanishini ta‘minlaydi.  
Ikkilamchi qadoqni asosiy vazifalariga kuyidagilar kiradi: 
- tashqi muxit ta‘siridan birlamchi qadoqni saqlash,  
- mahsulotni oddiy , qulay hisobini va nazoratini olib borish imkoniyati, 
- tovar haqida  axborot bilan iste‘molchilar talabini qondirish. 

Guruhiy  qadoq

  –  birlamchi  va  ikkilamchi  qadoqlarni  himoya  qilishga 
mo‘ljallangan, mahsulot qadoqlanayotganda mashinalar yoki apparatlarda shaklga 
solinadi.  

Uchlamchi  yoki  transport  qadog‟i

  mahsulotni  taqsimlanish  va  sotuv 
joyigachan  etkazib  berishga  mo‘ljallangan  bo‘lib  odatta  iste‘molchiga  ular    etib 
bormaydi. 
Tashish  (transport)  qadog‘i

  –  

tovarlarni  tashishda  ishlatiladi.  U  transport 
idishlari,  qadoqlash,  bog‘lash  ashyolari,  shuningdek  tovarlarning  transport 
vositalarida  siljishining  oldini  olish  uchun  turli  moslamalardan  iboratdir. 
Quyidagilar  tashish  qadoqlariga    kiradi:  yuk  tsisternalari,  bochkalar,  savatlar, 
qutilar, to‘qilgan va polimer qoplar, xaltalar. 

Iste‟mol idishlari

 - turlicha hajmli qutilar, savatlar, tubalar, qoplar, karton 
va  polimer  ashyolardan  tayyorlangan  o‘ramlar,  shisha  va  metall  idishlar  va 
boshqalar. 
Qog‘oz,  karton,  polimer  ashyolardan  tayyorlangan    iste‘mol  idishlar  va 
dorilarni qadoqlash uchun tiqin vositalar oldindan yuvilgan, quritilgan, tozalangan, 

83 
 
hidsiz bo‘lishi kerak.  Faqat  rezina va polietilendan tayyorlangan  buyumlardagina 
biroz hid bo‘lishi mumkin. 

Qadoqlash  ashyolari

  –  tayyor  dori  vositalarni  qadoqlashda  yog‘och, 
qog‘oz,  pergament,  karton,  polimerlar    ashyolar  sifatida  ishlatiladi  va  idishlarni 
ishlab  chiqarishga  xizmat  qiladi.  Idishlar  va  qadoqlarni    tayyorlashda 
qo‘llaniladigan  ashyolar  dori  vositalar  bilan  o‘zaro  bir-biriga  ta‘sir  qilmaydigan, 
ularning xususiyatlari o‘zgarishiga olib kelmaydigan bo‘lishi lozim. 

 


6.2. Tara(idish) va qadoqlash vositalarining tasnifi 


Tara  -t

ovarni  ma‘lum  sonini  joylashtirishga  mo‘ljallangan  idishdir.Tara 
qadoqni  qismi  hisoblanib,  tovarni  saqlashga,  tashishga  mo‘ljallangan.Tara 
ishlatilishi  bo‘yicha    

transport  va  iste‟mol

  turlariga  bo‘linadi.Transport  tara  
turiga  konteynerlar,  qutilar(yog‘och),  qog‘oz  qoplar  kiradi.  Iste‘mol  tara  turiga 
karton  qutilar,  flakonlar,  tyubiklar  va  b.  kiradi.  Turli  belgilar  bo‘yicha  tara 
kuyidagicha tasniflanadi (rasm ). 

Taraning tasnifi. 


Iste‘mol  taraning  narhi  mahsulot  narhiga  kirib  iste‘molchi  tomonidan 
to‘lanadi.  Iste‘mol  taraning  uch  hili  mavjud  :  birlamchi,  ikkilamchi  va  guruhli. 
Tara  tayyorlanadigan  ashyosiga  muvoffiq  bo‘linadi:  yog‘ochli,  matoli,  metalli, 
shishali, karton, plastmassali, kombinirlangan, turli.  
Qattiqlik  bo‘yicha  tara

  qattiq  

(o‘z  shaklini  o‘zgartirmaydi)  va 

yumshoqlarga

(ichidan tovar olingach o‘z shaklini o‘zgartiradi) bo‘linadi. 
Tuzilishi  bo‘yicha  tara  

teriladigan

  va  

terilmaydiganlarga,  yig‟iladigan

 
va

 yig‟ilmaydiganlarga 

bo‘linadi. 
Qadoqlash  vositalari  qadoqlash  jarayonida  tara  va  qadoqni  o‘rash  uchun 
xizmat  qiladi.Tiqin  vositalari  buyum  yoki  dori  vositali  tarani  tiqinlashda  xizmat 
qiladi(qopqoqlar, tiqinlar, qistirmalar).

 


 

6.3.Tovarlarni rusumlash (markirovkalash) 


Ishlab chiqarilayotgan har bir tovar bevosita muayyan bezakka ega bo‘ladi- 
yopishtirilgan  yoki  bevosita  qadoqqa  bitilgan  yorliqlar.  Dori  dori  vositalar 
qo‘llanishi  bo‘yicha  yo‘riqnomalar  va  varaqalar,  yorliqlar,  banderollar  grafik 
bezagi  me‘yoriy  hujjatlar  talablariga  javob  berishi  lozim.  Tarmoq  standartlarida 
bezak tayyorlangan ashyoga talablar belgilangan, qadoqning geometrik shaklda va 
uning hajmlarida qadoqning har bir turiga nisbatan zarur ma‘lumotlar, shuningdek 
qabul qilish qoidalari, tashish usullari, saqlash shartlari va h.k. ko‘rsatilgan. 

 


Markirovkaning tuzilishi 


Markirovka  tekst,  rasm  va  shartli  belgilardan  tuzilgan  bo‘lib,  ular 
yordamida tovar haqida ma‘lumot (axborot) ni olishga xizmat qiladi . 

Markirovkadagi  tekst

  (mazmuni)-  markirovkani  eng  tarqalgan  qismi  
bo‘lib, so‘zlar, xarflar, raqamlardan va ularning yig‘indisidan iborat. Markirovkani 
asosiy  funktsiyasi  mazmunida(tekstida)  yoritiladi.  Farmatsevtik,  parafarmatsevtik 
va  tibbiyot  tovarlari  qadoqlarining  yuzasida  joylashgan  teksti  (mazmuni)  50  %-

84 
 
100%gacha  joyni  egallashi  mumkin.  Axborotning  mazmuni  bir  nechta  tillarda 
taqdim  etiladi  (o‘zbek,  rus  va  xorijiy).  Axborotni  asosiy  qismida  tovarning  nomi 
(dori,  tibbiy  buyum,  texnika  va  x.k.),  qabul  qilish  yo‘llari  va  me‘yorlari, 
ishlatilishi,  qabul  qilish,  ogoxlantiruvchi  yozuvlar,  farmakologik  ta‘siri  va 
boshqalar ko‘rsatiladi. 
Dori  vositalarning  qadoq  yuzasida  rasmlar  xar  doim  bo‘lmasligi  mumkin. 
Ko‘proq parafarmatsevtik tovarlarning qadoqlari yuzasida rasmlar uchraydi.  
Qadoq  ustida  rasmlar  emotsional  funktsiyani  bajarishi  mumkin,  ba‘zan 
identifikatsion  vazifani  ham  bajarishi  mumkin  (masalan,  tovarni  qanday  ishlatish 
haqidagi ma‘lumot rasm tarzida ko‘rsatib beriladi).  
Markirovkadagi  umumiy  axborot  ichida  rasm  0-50%  gacha  joyni  
egallaydi. Rasmdagi ma‘lumotga ko‘ra ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga 
bo‘lish mumkin:  
a)  mahsulot  kelib  chiqishi  yoki  mahsulot  mualliflari  haqida  ma‘lumot 
saqlaydigan (xomashyo, ishlab chiqarish joyi). Masalan: qadoqdagi o‘simlik rasmi, 
muallif rasmi.  
b) ishlatish joyini tasvirlovchi rasm (a‘zolar rasmi: ko‘z, oshqozon va x.k.). 
v)  ishlatishni  chegaralab  oladigan  (bolalar  uchun,  yoshi,  jinsi  bo‘yicha- 
ayollar uchun).  
g) mahsulotni qabul qilinishini tasvirlovchi rasm. 
d) aniq tasavvuri bo‘lmagan, qadoqni umumiy dizaynini yaratishda ishtirok 
etuvchi fon, masalan: atom yoki molekulalar rasmlari va boshqalar. 
Qadoqlardagi rasmlar rangi bo‘yicha farqlanadi: oq-qora yoki rangli.  
Yaratilayotgan  qadoqni  dizaynida  rasmlar  katta  ahamiyatga  ega,  chunki 
iste‘molchi aynan shu rasmdan qadoqni oldin va keyinchalik eslab tanib oladi.  

Tovar  belgisi

  –  tovarni  boshqa  mahsulot  ichida  ajratib  beruvchi,  alohida 
uni  ishlab  chiqaruvchiga  tegishliligini  xamda  foyda  olish,  sifatsiz  tovarni  etkazib 
berganligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini bildiruvchi belgidir.  
Tovar  belgisi  ishlab  chiqarish  mulki  sifatida  birinchi  marotaba  1883  yilda 
ishlab  chiqarish  mulkini  muhofaza  qilish  haqidagi  Parij  konventsiyasida  halqaro 
e‘tirof etildi.  
Qadoq  yuzasidagi  tovar  belgisi  iste‘molchi  va  ishlab  chiqaruvchi 
tomonidan tanilganidan so‘ng tovarni sifatiga ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolat 
beruvchi  belgi  sifatida  ko‘riladi  (ayniqsa,  ishlab  chiqaruvchining  bozordagi 
salohiyati oshganlari uchun).   
Tovar belgisi – kompaniyaga tegishli umumiy mahsulotga yoki bir yoki bir 
nechta kompaniyalar mahsulotiga qo‘yiladi.  

Tovar belgilarining tasnifi


Tovar belgilarining tasnifi turli belgilari asosida o‘tkaziladi: 
- ma‘lumot saqlovchi ob‘ektlar bo‘yicha; 
- taqdim etilgan ma‘lumotni shakli bo‘yicha; 
- mulkchilik turi bo‘yicha. 
Tovar belgilari taqsimlanadi:  
-
 
tovar haqida ma‘lumotlar ob‘ektlari  

85 
 
-
 
firma belgisi (oddiy va yuqori nufuzli);   
-
 
assortimentli belgi (turli va markali).  
Ma‘lumotni taqdim etiladigan shakli bo‘yicha:  
-
 
so‘zli; 
-
 
xarfli; 
-
 
raqamli; 
-
 
hajmli; 
-
 
tovushli; 
-
 
nurli;  
-
 
mujassamlangan (kombinirlangan). 
Mulkchilik turi bo‘yicha: 
-
 
xususiy; 
-
 
jamoa. 
Firmalar  tovar  belgilari  –  tovar  ishlab  chiqaruvchilarning  bir-biridan 
farqlovchi, ajratib turuvchi belgilar. 
O‘zbekiston bozorida tibbiyotda ishlatiladigan buyumlar soni katta bo‘lib, 
xar  bir  ishlab  chiqaruvchi  mahsulotni  tovar  belgisi  ko‘rsatilgan  qadoqlarda 
chiqaradi. 
Firmalar tovar belgilari quyidagi elementlardan tuzilishi mumkin: 
A) so‘zlar, xarflar, so‘zlar va xarflar guruhidan iborat bo‘lgan nom; 
B)  belgilar,  rasmlar,  farqlovchi  ranglar  yoki  shartli  belgilardan  tashkil 
topgan firma belgisi; 
V) ximoya belgisi. 
Ushbu maqsadda umumqabul qilingan belgilar ishlatiladi: 
R yoki C  
 R  –  tovar  belgisini  yuridik  tomondan  himoyasini  kafolatlovchi  xalqaro 
reestrda qayd etish belgisi. 
S – firmaning mulkchilik xuquqini tasdiqlovchi tovar belgisi. 
―S‖-  capynight  –  qisqartirilgan  ingilizcha  so‘zning      xarfidir.  –  ―muallif 
xuquqi‖  - deb tarjima qilinadi. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  tovar  belgisining  elementlari  tovar  belgisi  sifatida 
mujassamlashtirilishi(kombinirlashtirilishi) mumkin. 
Firma tovar belgilari oddiy va nufuzlilarga bo‘linishi mumkin. 

Oddiy  firma  belgilari

  ularning  egalari  tomonidan  yoki  mahsus 
mutahassislar tomonidan tayyorlanib o‘rnatilgan tartibda chiqarilishi mumkin. 
Tovar  belgisining  egasi  o‘zining  firma  belgisini  qayd  etmasligi  ham 
mumkin, ammo bunda u ushbu belgiga mualliflik xuquqiga ega bo‘lmaydi. 

Nufuzli belgilar –

 davlat yoki jamoa tashkilotlariga davlat oldida bajargan 
ishlari uchun beriladi (masalan, tovarni eksport qilishdagi muvafaqiyatlari uchun).  
Nufuzli  belgilar  sifatida  firmalar  tomonidan  xalqaro,  xududiy,  milliy 
ko‘rgazmalarda olingan prizlar, medallar tasviri olinadi. 
Nufuzli belgilar berilib patent idoralarida qayd etilmaydi. Masalan: mineral 
suvlar belgilari: Shafof, Naftusi, Gidrolayf.  

Assortimentli  (nomli)  tovar  belgilari  –

 tovarlarni  identifikatsiyasi  uchun 

86 
 
mo‘ljallangan, bo‘linadi turli va markali belgilarga. 
Turli  tovar  belgilari  –  tovarlarni  turlari  bo‘yicha  identifikatsiyasini 
belgilamaydi.  
Turi  bo‘yicha  tovar  belgisi  sifatida  tovarning  nomi,  so‘zli  axborot,  uning 
tasviri yoki aniq mahsulot turining xarfli belgisi hizmat qiladi. 
Markali  

tovar  belgisi(savdo  markasi)-

  raqobatdosh  kompaniyalar 
tovarlarini ajratish va identifikatsiyasi uchun hizmat qiladi. 
 Markali savdo belgisi quyidagi elementlardan tashkil topgan: 
A)  markaning  nomi  –  markaning  so‘z  bilan  ifodalanadigan  bir  qismi 
(so‘zlar, xarflar, raqamlardan tashkil topgan). 
B)  markaning  emblemasi  (belgisi)  –  markaning  yana  bir  qismi  bo‘lib  uni 
tanish uchun ishlatiladi, so‘z bilan ifodalanmaydi (belgi, tasvir, ajratuvchi rang va 
boshqalar). 
Markaning  nomi  xamda  marka  belgisi  birlamchida  ―logotip‖ni  tashkil 
qiladi. 

Logotip 

– aniq firma mahsulotini bildiradi. 
V)  TM-sotuvchi  markasining  nomi  va  marka  belgisiga  bo‘lgan  xuquqini 
ximoya qiladi. Ba‘zan ximoya belgisi sifatida R belgisi ham ishlatiladi. 

Nizoral TM

 – markali tovar belgisi, markaning nomi va ximoya belgisi TM 
dan iborat.  

Tizim  R

-  qayd  etilgan  savdo  markasi,  bunda  markaning  nomi  va 
preparatning savdo nomi bir xil bo‘lib AQSh firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 
R- himoya belgisi. 
Ishlab  chiqarilgan  joylarning  belgilari  –  tovarning  ishlab  chiqarilgan  joyi 
haqida ma‘lumot beradi- davlatning nomi, joyi yoki boshqa geografik ob‘ekt nomi 
tovarni nomlanishi uchun ishlatilishi mumkin. 
Bunday  belgilar  halqaro  va  milliy  belgilarga  bo‘linadi:  tashqi  savdo 
faoliyat ichida xalqaro belgilar ishlatiladi: bitta yoki bir nechta xarflar va raqamli 
koddan iborat. 
Milliy belgilar – davlat nomi ko‘rsatiladi: 

Made in Russia

 – Rossiyada ishlab chiqarilgan. 

Made in U.S.A

. – Aqshda ishlab chiqarilgan. 

Product of U.S.A.

– Aqsh mahsuloti. 

Mahsulotni  ishlab chiqarishmarkirovka (rusumlash) yozuvlari. 


Bularga seriya, lot, ishlab chiqarish sanasi kiradi.  

Seriya

  –  (ingilizcha  Batch)  –  korxonada  bir  aniq  vaqt  ichida,  to‘xtovsiz, 
sharoitlari o‘zgarmagan holda mahsulotni ishlab chiqarilgan sonidir.  


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


taptq-hsnov---shif-49.html

taptq-hsnov---shif-6.html

tapu-kayd--antalya-ili-.html

tapu-ve-kadastro---2015-5.html

tapu-ve-kadastro---2015.html