1 2 3 4 5 6

shakllantirishda  tayyor  elektron  bibliografik  resurslardan  foydalanish

bet6/6
Sana02.04.2017
Hajmi0.58 Mb.

shakllantirishda  tayyor  elektron  bibliografik  resurslardan  foydalanish 

imkoniyatiga  ega  bo„ladilar.  Bu  esa  o„z  navbatida  EK  yaratish  jarayonini 



IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

48 

tezlashtiradi,  uning  sifatli  bo„lishiga  olib  keladi.

  Fonddagi  bir  kitobning 

bibliografik tavsif elementlarini EK bazasiga kiritish uchun o‗rtacha 15-25 daqiqa 

sarf  bo‗layotganligini  nazarda  tutadigan  bo‗lsak  KARMAT    tizimidan 

foydalanishning 

naqadar 

afzalligini 

tushunib 

yetamiz. 

Tizim 

Web 


texnologiyalarining  so‗nggi  yutuqlaridan  foydalanib  yaratilganligi  tufayli 

KARMATning  maxsus  moduli  AKM,  ARM  va  kutubxonalarning  elektron 

bibliografik resurslarini Internet tarmog‘ida taqdim qila oladi. 

Foydalanuvchilarni ARMning elektron katalogida ro„yxatdan o„tkazish 

KARMAT-M 

tizimida 

foydalanuvchilarni 

ro‗yxatdan 

o‗tkazish 

(kitobxonning 

elektron 

formulyarini 

yaratish) 

―Kataloglashtiruvchining 

avtomatlashtirilgan  ish  o‗rnida‖  amalga  oshiriladi.  Kataloglashtiruvchining  ish 

o‗rnini ishga tushirish uchun ―Login‖ va ―Parol‖ maydonlariga mos ravishda ―cat‖ 

va ―11‖ kiritiladi (2.1-rasm). 

 

2.1-rasm. 

―Kiritish‖ tugmasi bosilgach quyidagi interfeysga ega bo‗lamiz (2.2-rasm). 

 

2.2-rasm. 

Paydo  bo‗ladigan  menyuning  ―Katalogkashtirish‖  qismidan  ―Kitobxonlar‖ 

tugmasiga  sichqoncha  bilan  chertamiz  va  kitobxonlarning  elektron  formulyarini 

yaratish  imkoniyatiga  ega  bo‗lamiz.  Bu  yerda  ARMga  a‘zo  bo‗lgan 

kitobxonlarning ro‗yxatini ko‗rishimiz mumkin. Ro‗yxatdagi ma‘lumotlarga zarur 

hollarda  tuzatishlar  kiritishimiz  mumkin,  buning  uchun  o‗ng  tomondagi 

―taxrirlash‖

 

 belgisi ustiga sichqoncha bilan chertsak maxsus deraza ochiladi va 

u  yerda  kerakli  tuzatishlarni  bajarishimiz  mumkin.  Kitobxonlarni  ro‗yxatdan 

o‗chirish  uchun  kitobxon  familiyasining  o‗ng  tomonida  turgan  ―o‗chirish‖

 

  tugmachani bosamiz va bergan buyruqni tasdiqlaymiz. 

YAngi  kitobxon  to‗gisidagi  ma‘lumotlarni  EK  bazasiga  kiritish  yoki 

IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

49 

kitobxonning  elektron  formulyarini  yaratish  uchun  Sahifada  keltirilgan  ―Yangi 

kitobhon qo‘shish‖ tugmasini bosamiz va keyingi shaklga ega bo‗lamiz. 

 

Kitobxonning avtomatlashtirilgan ish o„rni 

 

1 Kitobxonning shaxsiy elektron kabineti 

Kitobxonning  avtomatlashtirilgan  ish  o‗rni  –  bu  dasturiy  texnik  kompleks 

bo‗lib,  unda  kitobxon  EK  dan  foydalanib  ARM  fondidagi  adabiyotlar  to‗g‘risida 

ma‘lumot  olishi,  qidirib  topilgan  adabiyotlarga  buyurtmalar  berishi  va  ularning 

bajarilishi  to‗g‘risida  axborotlar  olishi  mumkin.  EKning  bir  necha  ma‘lumotlar 

bazalaridan axborotlar qidirish imkoniyati ham mavjud. ―Kitobxonning AIO‗‖ning 

eng  muhim    modullaridan  biri    KSHEK  hisoblanadi  va  u  ARM  bilan  kitobxon 

orasidagi hamkorlikni operativ tarzda bog‘lashga xizmat qiladi. 

Kitobxonning  shaxsiy  elektron  kabineti  (KSHEK)

,  lokal  va  global 

tarmoqlarda ishlay oladi. Kitobxon o‗z shaxsiy elektron kabineti orali AKM, ARM 

va kutubxonalar EK bazalari bilan tanishib chiqishi, kerakli adabiyotlarni qidirishi, 

ularga  buyurtmalar  berishi  va  berigan  buyurtmalarning  bajarilishi  to‗g‘risida 

ma‘lumotlarni  o‗z  shaxsiy  kabineti  orqali  olishi  mumkin.  Kitobxon  o‗z  shaxsiy 

elektron kabinetida elektron resurslarning to‗liq matnini ko‗rishi ham mumkin. U 

EK  bazasidan  o‗ziga  kerakli  ma‘lumotlarni  topa  olmagan  holda  u  ―maxsus 

buyurtma‖  orqali  EK  bazasiga  kiritilmagan  adabiyotlarga  buyurtmalar  berish 

imkoniyatiga ega. Bu holat KARMAT tizimining AKM, ARM va kutubxonalarda 

samarali tatbiq qilinishiga keng yo‗l ochadi, zero bugungi kunda AKM, ARM va 

kutubxonalarning  ko‗pchiligida  xalaqaro  talablarga  mos  bibliografik  resurslar 

yaratish talab darajasida emas, ya‘ni fond to‗g‘risidagi ma‘lumotlarning juda kam 

qismi EK bazasiga kiritilgan. KSHEK kitobxonlarga masofadan xizmat ko‗rsatish 

tizimining moduli sifatida ham ishlay oladi. 

 

Kitob  berish  va  qaytarib  olish  bilan  shug‟ullanadigan  xodimning 

avtomatlashtirilgan ish o„rni 

Kitob berish va qaytarib olish bilan shug‟ullanuvchi xodimning AIO„

da 

buyurtmalarning  bajarilishi  nazorat  qilinadi,  boshqariladi,  KSHEK  buyurtmaning 

qabul  qilinganligi,  topilganligi  to‗g‘isidagi  axborotlarni  yuborish,  kitob  berish  va 

qaytarib  olish  funktsiyalari  avtmatlashtirilgan.  Tizimning  bu  modulida  AKM, 

ARM. va kutubxonalar faoliyati uchun zarur bo‗lgan statistik ma‘lumotlarga ishlov 

beriladi  va  maxsus  formalarda  tegishli  jadvallarni  bosib  chiqarish  imkoniyati 

yaratilgan.  Mazkur  modul  tizimning  yagona  bibliografik  ma‘lumotlar  bazasidagi 

bibliografik ma‘lumotlar statusini o‗zgartirish orqali fonddagi kitoblarning ―bo‗sh‖ 



IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

50 

yoki  ―band‖  ekanligini  aniqlaydi.  Kitob  berish  EK  orqali  buyurtma  berish  va 

elektron  katalogdan  foydalanmay  buyurtma  berish  orqali  amalga  oshiriladi.  Ishni 

bunday  usulda  tashkil  qilinishi  maktab  ARM  kutubxonachisi  uchun  juda  qulay, 

sababi  o‗quvchi  bevosita  kitobni  polkadan  olishi  va  EK  bazasiga  o‗z  parolini 

kiritib  olingan  adabiyot  inventar  raqamini  tegishli  maydongan  kiritadi  va  olingan 

kitob  kitobxonning  elektron  formulyariga  yoziladi.  Bunday  usulda  ishlash  kitob 

berish jarayonini tezlashtiradi 

Axborot-resurs  markazida  kitob  berish  va  qaytarib  olish  bilan 

shug‘ullanadigan  xodimning  avtomatlashtirilgan  ish  joyi  kirish  uchun  ―Login‖ 

maydoniga ―bibl‖, ―Parol‖ maydoniga ―11‖ qiymatlarni beramiz. 

 

Administratorning avtomatlashtirilgan ish o„rni 

“Tizimni  boshqarish/yuritish”  bilan  shug‟ullanuvchi  xodimning 

(Adminostratorning)  AIO„

da  yangi  bazalar  ochish,  kerak  bo‗lmaganlarini 

o‗chirish, tizimdan foydalanuvchilarga (adminstrator, kataloglashtiruvchi, kitobxon 

va  boshqa)  tegishli  statuslar  berish  amallari  bajariladi.  Administratorning  AIO‗da 

bibliografik  yozuv  elementlarini  EK  bazasiga  kiritish  maydonlarini  yaratishga 

mo‗ljallangan  maxsus  ―konstruktor‖  yaratilganki  uning  yordamida  har  qanday 

MARC  formatlar  oilasiga  kiruvchi  ichki  yoki  kommunikativ  format  yaratish 

mumkin. Bu yerdagi universallik ma‘lumotlarni bazalarga kiritish uchun ixtiyoriy 

ko‗rinishdagi  ishchi  varaqlarni  yaratish  hamda  bibliografik  ma‘lumotlarni 

eksport/import qilishga imkoni beruvchi formatlarni yaratishga yo‗l ochadi. 

Tizimning interfeysi o‗zbek va rus tillarida yaratilgan bo‗lib uni boshqa tilga 

tarjima  qilish  unchalik  murakkab  ish  emas.  Maxsus  ishlab  chiqilgan  jadvaldagi 

so‗zlar  tegishli  tilga  tarjima  qilingach  tizim  interfeysi  kerakli  tilda  ishlay 

boshlaydi.  O‗zbekistonda  EK  bazasini  shakllantirish  bilan  shug‘ullanuvchi 

kataloglashtiruvchilarning    malaka  darajalarini  nazarda  tutib  va  ularga 

kataloglashtirish paytida yordam berish maqsadida har bir maydonga kiritiladigan 

ma‘lumot uni kiritish tartibi va shakli to‗g‘risida maslahat berib boriladi.  Bunday 

maslahatni  olish  uchun  kataloglashtiruvchi  tegishli  maydonga  sichqoncha  bilan 

chertishi kifoya. 

ARM  administratorining  avtomatlashtirilgan  ish  o‗rnini  ishga  tushirish 

uchun  ―Login‖  maydoniga  ―admin‖,  ―Parol‖  maydoniga  ―11‖  qiymatlar  beriladi 

(2.3-rasm). Bu qiymatlar o‗rniga boshqalarini ishlatish ham ko‗zda tutilgan.  

IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

51 

 

2.3-rasm. 

―Kirish‖ 

tugmasini 

bosish 

orqali 


tizim 

administratorining 

avtomatlashtirilgan ish joyiga kiramiz. 

 

Fondni  butlash  bilan  shug‟ullanadigan  xodimning  avtomatlashtirilgan 

ish o„rni 

Fondni  butlash  bilan  shug‟ullanuvchi  xodimning  AIO„

da  kutubxona 

fondini  butlovchining  standart  funktsiyalari  avtomatlashtirilgan  bo‗lib  bu  yerda 

undan  tashqari  O‗zbekiston  kutubxonachilik  ishida  keyingi  yillarda  amalga 

oshirilgan  islohotlar  natijalari  hisobga  olingan.  Masalan,  maktab  axborot-resurs 

markazlari  fondini  butlash  masalasini  yechish  uchun  professor  M.A. 

Rahmatullayev  tomonidan  taklif  etilgan  texnologiyadan  foydalanilgan.  AKAT 

foydalanish  AKM,  ARM  va  kutubxonalardagi  fondni  butlash  jarayonlarini  ham 

tizimli tahlil qilish orqali yangicha yondoshuvlarni talab qilmoqda. Bu esa AKM, 

ARM  va  kutubxonalardagi  an‘anaviy  kitob  yo‗lini  ham  qaytadan  ko‗rib 

chiqilishini, bo‗limlar ishini qayta taqsimlash masalasini kun tartibiga qo‗ymoqda.  

Fondni butlovchining AIO‗ga kirish uchun tizimning ―Login‖ maydoniga ―camp‖, 

―Parol‖ maydoniga ―11‖ qiymatlar beriladi (2.5-rasm).

 

 

2.5-rasm. 

Fondni  butlash  bilan  shug‘ullanuvchi  xodimning  AIO‗da  ARMga  kelib 

tushayotgan  adabiyotlarga  dastlabki  ishlov  beriladi,  ya‘ni  EK  bazasiga  ARMga 

kelib tushayotgan adabiyotlarning bibliografik tasvir elementlari kiritiladi. 

IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

52 

Nazorat savollari 

1.

 

Axborot-kutubxona muassasasining dasturiy ta‘minoti nima? 

2.

 

AKM lar uchun qanday milliy dasturiy ta‘minotlarni bilasiz? 

3.

 

AKM lar uchun ochiq kodli dasturiy ta‘minotlar? 

4.

 

AKM larning Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini sanang? 

5.

 

Dasturning informatsion-metodik ta‘minoti nima? 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

1.

 

―Fundamentals of Library and Informational science‖, by ABDUWAHAB 

OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, pages – 133. 

2.

  "Harris,  M.H.  History  of  Libraries  in  the  Western  World,  4th  ed. 

(Scarecrow, 2011) 

3.

 

http://en.wikipedia.org/wiki/Library_science 

4.

 

http://

WWW.rocket-library.com/)

 

 


IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

53 

3-amaliy mashg‟ulot. Axborot kutubxona muassasalarinning axborot 

ta‟minoti. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona muassasalarinning 

axborot tuzilmasi 

 

Ishdan  maqsad:

  Axborot  kutubxona  muassasalarini  axborot  ta‘minotini 

o‘rganish.  Axborot-kutubxona  muassasalari  uchun  ma‘lumotlar  bazasini 

boshqarish tizimi. Elektron kitoblarni yaratish. 

 

Zamonaviy  kutubxonada  xizmat  ko‗rsatish  tizimi  va  avtomatlashtirilgan 

kutubxonaning  muhim  tarkibiy  qismi  axborot  ta‘minoti  hisoblanadi.  Axborot 

ta‘minoti  katta  xarajatlar  talab  etadi,  unga  sarflangan  xarajatlar  kutubxonani 

avtomatlashtirishga  ketadigan  xarajatlardan  (hisoblash  texnikasini  sotib  olish, 

dasturiy  ta‘minot,  dastur  tuzish  va  uni  sozlash)  oshib  ketadi.  Agarda  axborot 

ta‘minotini  tashkil  etish,  uning  tarkibi  va  tashkil  qiluvchilar  yetarlicha  malakali 

bajarilmagan  bo‗lsa,  ya‘ni  xalqaro  talablar  va  standartlarga  rioya  qilinmagan, 

axborot  texnologiyalari  rivoji  hisobga  olinmagan  bo‗lsa,  sarflangan  xarajatlar 

befoyda  ketadi,  O‗z  axborot  resurslarini  yaratishga  kirishgan  kutubxonalar  ko‗p 

hollarda quyidagi xatoliklarga yo‗l qo‗yadilar:  

-

 

kutubxona formatlari yaratishda xalqaro talablarga rioya qilmaslik;  

-

 

boshqa kutubxonalar, kutubxona assotsiatsiyalari, tadqiqotchi guruhlar 

tajribalarini o‗rganmaslik. 

Har  bir  kutubxona  tomonidan  yaratilgan  kutubxona  formati,  kataloglar 

yaratish  va  ularga  ishlov  beruvchi  dasturlar  bir  qarashda  mazkur  kutubxonani 

qanoatlantiradi,  ammo  yaratilgan  axborot-til  ta‘minoti  boshqa  kutubxonalar  va 

xalqaro  kutubxonalar  tizimi  bilan  mos  kelmasa,  jahon  axborot  resurslariga 

chiqadigan yo‗l berkitiladi. Kutubxonada to‗liq matnli ma‘lumotlar bazasi yaratish 

uchun  darsliklar,  jurnallar,  maqolalar  skaner  yordamida  kompyuter  xotirasiga 

kiritilmoqda, ammo kiritilgan ma‘lumotlar qanday qilib qidiriladi? Bu haqda jiddiy 

o‗ylab ko‗rilgan emas. Agarda kiritilgan axborot hajmi kichik bo‗lsa, uni qidirish 

katta  qiyinchilik  tug‗dirmaydi,  ammo  odatda  salmoqli  ma‘lumotlar  bazasi  uzoq 

vaqt va uzluksiz  to‗ldirilib,  rivojlantirilib boriladi.  Agarda siz mashina xotirasiga 

bir  necha  yozuv  kiritgan  bo‗lsangiz  bu  hali  qandaydir  bir  ma‘lumotlar  bazasi 

yaratildi, degani emas. Bu oddiy fayllar yig‗indisidir. Ma‘lumotlar bazasi-bu juda 

jiddiy tushuncha. Ma‘lumotlar bazasida asosiy tushuncha bu-axborotning mantiqiy 

tartibga  ega  ekanligidir,  ya‘ni  ma‘lumotlar  bazasi  komponentlari  aniq  bir 

belgilarga ko‗ra tizimlashtirilgan va u mantiqiy aloqaga ega.  

IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

54 

    Ma‘lumotlar  bazasidagi  ma‘lumotlar  orasidagi  mantiqiy  bog‗liqlik 

tizimda  biz  qanday  masala  yechayotganimizga  bog‗liq  bo‗ladi.  Bu  yerdan 

ko‗rinadiki,  ma‘lumotlar  mantiqiy  tarkibi  va  EHM  da  ma‘lumotlarni  fizik 

ifodalovchi  orasida  ularni  bog‗lovchi  dastur  zarur  ekan.  Bunday  dastur 

ma‘lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimi  (SUBD)  deyiladi.  Axborot  ta‘minotida 

asosiy  tushuncha    sifatida  «axborot»  qaraladi.  Bu  tushunchaning  o‗zi  falsafa 

kategoriyalariga  tegishlidir.  Ba‘zi  bir  olimlar  axborot  tushunchasini  ob‘ektiv 

olamning aksi sifatida qabul qilishsa, ba‘zilari esa uni aniq bir boshqaruv ob‘ekti 

haqidagi  ma‘lumot  deb  qarashadi.  Biz  axborot  tushunchasiga  falsafiy  nuqtai 

nazardan  qaramaymiz.  Bizni  ko‗proq  amaliy  jihat  qiziqtiradi,  ya‘ni  axborotni 

kompyuter  xotirasida  saqlash,  formallashtirish,  ishlov  berish  va  kutubxona 

ma‘lumotlar  bazasini  yaratish.  Axborot  ta‘minotini  ishlab  chiqishda,  uning 

ko‗rinishi qanday va u qanday uzatiladi, saqlanadi, uni qanday guruhlarga ajratish 

mumkin, ya‘ni qanday tasniflanishini aniqlash muhimdir. Axborot tasnif guruhlari 

ularni mashina tashuvchilarda ratsional joylashtirish va ishlov berish jarayonlarini 

tashkil qilishga yordam beradi. Kompyuter yordamida turli axborot tashuvchilarda 

saqlanayotgan  va  uzatilayotgan  formallashtirilgan  axborotlar  «ma‘lumotlar» 

deyiladi.  Avtomatlashtirilgan  kutubxona  axborot  ta‘minoti  mashinadan  tashqi  va 

mashina ichki ta‘minotlarga bo‗linadi.  

Mashinadan tashqi axborot ta‘minoti o‗z ichiga:  

-

 

bibliografik va boshqa axborotlarni tasniflash va kodlash tizimini;  

-

 

me‘yoriy-spravka va uslubiy hujjatlarni oladi; 

Mashina ichki axborot ta‘minoti o‗z ichiga:  

-

  ma‘lumotlarni  yig‗ish,  yuritish,  tashkil  etish  vazifalarini  bajaruvchi 

dastur tizimini;  

-

 

mashina  tashuvchilarda  joylashgan  ma‘lumotlar  massivlari:  elektron 

kataloglar, annotatsiyalar va to‗liq matnli axborotlar bazasini oladi. 

Korporotiv  kutubxona  tizimlari  uchun  ma‘lumotlar  bazasi  yaratishda  bir 

qator muammolar mavjud:  

1.

  Ortiqcha axborotlar mavjudligi. 

Korporativ 

kutubxona 

tizimlarida 

umumiy 


ma‘lumotlar 

bazasi 


yaratilayotganda  tizimda  ishtirok  etuvchi  kutubxonalarga  tegishli  ma‘lumotlar 

odatda  takrorlanib  tasvirlanadi  va  sturukturalanadi.  Buning  natijasida  axborot 

bazasi  birini  hisobiga  ikkinchisining  ehtiyoji  qondiriladi,  bu  hol  korporativ 

tarmoqlarda ham ro‗y beradi.  

2.

  Qarama-qarshilik.   



IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

55 

Kutubxona  tizimlaridagi  qarama-qarshilik  asosan  ma‘lumotlarni  takrorlash 

(dublirovanie)  hisobiga  bo‗ladi.  Kutubxonalar  ichidagi  va  korporativ  kutubxona 

tarmoqlari  orasidagi  faoliyatda  kelishilmagan  ishlar  (elektron  kataloglar  va 

ma‘lumotlar  bazasi  yaratishda)  qarama-qarshi  axborotlar  paydo  bo‗lishiga  olib 

keladi.  

3.

  Standartlashtirish  va  unifikatsiyaning  qoniqarsizligi.  Kutubxona 

tizimlarida  kutubxona  formatlariga,  standartlariga  va  unifikatsiyalashgan 

formalarga rioya qilish muhim talablardan hisoblanadi. Bu talablarni bajarish faqat 

o‗z axborot resurslarini yaratishda emas, balki xalqaro kutubxona-axborot tizimlari 

integratsiyasida,  xalqaro  axborot  tizimlariga  kirishda  ham  talab  etiladi.  Axborot 

ta‘minoti  dasturlarini  yaratuvchi  tashkilotlar  xarajatlarini  kamaytirish  maqsadida 

o‗zlariga  qulay  va  sodda  bo‗lgan  axborotlarni  tasvirlash  standartlarini  yaratgan 

tashkilotlar «ikki barobar xarajat qiladilar», (ular axborotlar qamalida bo‗ladilar). 

Ularni tushunishmaydi, ular ham boshqalarni tushuna olmaydilar. 

Axborot ta'minoti: 

Har  qanday  kutubxonani  avtomatlashtirishga  mo‗ljallangan  tizim  samarali 

ishlashi  uchun  u  tegishli  axborotlar  bilan  ta'minlangan  bo‗lishi  kerak.  Masalan, 

IRBIS tizimining axborot ta'minoti quyidagi ma'lumotlar bazalaridan iborat: 

• fondni butlash - CMPL; 

• elektron katalog bazasi - IBIS; 

• kitobxonlar to‗g‗risidagi ma'lumotlar - RDR; 

• byurtmalar bazasi - RQST; 

• ruknlar bazasi - GRNTI - HELP; 

• avtoritet fayllar bazasi - ATHRA va boshqalardan iborat. 

Bunday  ma'lumotlar  bazalarini  shalkllantirmasdan  turib,  KAT  samarali 

faoliyat  ko‗rsata  olmaydi.  O‗z  navbatida,  ma'lumotlar  bazalariga  kiritilayotgan 

axborotlar  standartlashtirilgan  bo‗lishi  zarur.  Masalan,  tizimda  foydalaniladigan 

so‗zlarning  (atamalarning)  qisqartmalari.  Rossiyada  ruscha  so‗zlarning 

qisqartirilgan  shaklda  ishlatish  standarti  qabul  qilingan  va  u  IRBIS  tizimida 

foydalaniladi. 

Elektron kitoblar 

Insoniyat o‗z umri davomida imkon qadar ko‗p axborotlarni kichik hajmga 

joylashga harakat qilgan. Avval papirusga yozilgan kitoblar paydo bo‗ldi, so‗ngra 

pergamentdan  foydalanildi.  Keyinchalik  (1456  yil,  Gutenberg)  kitob  bosish  davri 

keldi.  Bugun  biz  kitoblarning  eng  so‗nggi  avlodi  -  elektron  kitoblar  to‗g‗risida 

gapirmoqdamiz. 

Elektron kitob yaratish g‗oyasi ko‗p vaqtdan beri mutaxassislarni qiziqtirib 

kelgan.  Elektron  kitob  yaratish  tarixi  1945  yildan  boshlanadi.  Bu  paytda  futurist 



IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

56 

Vanavar  Bush  tomonidan  "kitoblarni,  yozuvlarni  va  xabarlarni  saqlash,  ishlov 

berish,  uzatish"  imkonini  beruvchi  xususiy  qurilmalar  yaratish  haqida  fikrlar 

bildirilgan edi. 

Elektron nashriyot ishi rivojining keyingi bosqichi 1968 yilga to‗g‗ri keladi. 

Ted  Nelson  tomonidan  "gipertekst"ning  yaratilishi,  ya‘ni  World    Wide  Web 

asosining  yaratilishi  ayni  paytda  matnlarni  Internet  da  saqlashning  va  hozirgi 

paytda  yaratilayotgan  elektron  kitoblarning  bosh  formatining  yaratilishiga  asos 

bo‗ldi. 

1968 yil talaba Alan Kay tomonidan kitob vazifalarini bajaruvchi DynaBook  

portativ  interaktiv  kompyuter  loyihasi  ishlab  chiqildi.  Yigirma  yildan  keyingina 

ushbu  loyiha  tijoratda  amalga  oshirildi.  1971  yildan  boshlab  Illinois  Benedictine 

College tashabbusi bilan bugungi kunda eng ko‗p elektron formatli kitoblarni o‗z 

ichiga  olgan  Projest  Gutenberg  loyihasi  amalga  osha  boshladi.  1981  yilda  bizga 

ma‘lum bo‗lgan Ted Nilson "Xanadu" guruhini tashkil qiladi va elektron kitoblar 

bilan  savdo  qilishni  rejalashtiradi.  1982  yilda  Onlayn  rejimida  ishlovchi    FSFnet  

birinchi  elektron  jurnal  paydo  bo‗ldi.  Unda  badiiy  asarlar  -  qisqa  fantastik 

xikoyalar bosildi. Shunday qilib, 1998 yili bir paytning o‗zida ikkita qurilma- tom 

ma‘nodagi elektron kitob sotuvga chiqarildi. Bular "SoftBook Reader" va "Rocket 

eBook" lardir. 

SoftBook Reader 

SoftBook  Reader  -  bu  elektron  kitob  nimasi  bilandir  zamonaviy 

subnoutbukni  eslatadi  va  u  o‗ziga  to‗q,  badavlat  kishilarga  mo‗ljallangan.  Kitob 

muqovasining sof teridan ishlanganligi va qat‘iy ishchan dizayn uni 1998 yilgi eng 

a‘lo tovarlar sarasiga kiritdi. Bunday elektron kitob bahosi 600 A+Sh dollari (yoki 

300 dollar  + 2  yil  davomida har oyda  20 dollardan obuna bo‗lish  mumkin) qilib 

belgilandi.  Bizning  nazarimizda,  ancha  qimmat  bo‗lib  ko‗ringan  bu  pulga 

foydalanuvchi barcha funktsiyalarga ega bo‗lgan kompyuterga ega bo‗ladi. 

SoftBook  Reader  -  og‗irligi  1,3  kg.  bo‗lib,  standart  kitob  o‗lchamidan 

salgina  kattadir.  U  monoxrom  LSD  monitorga  (6-8  dyuym),  ichiga  o‗rnatilgan 

modemga va  8 MV xotiraga ega bo‗lib, unda 5000 betli matnni saqlash mumkin. 

Kerak bo‗lgan hollarda Flash-karta yordamida xotirani 50 000 bet sig‗adigan qilish 

mumkin.  Batareykalar  yordamida  elektron  kitob  5 

soat ishlay oladi.  

SoftBook Reader ni sotib olgan har bir xaridor 

Amerikadagi  ommabop kundalik yangiliklar saytiga 

erkin  kirish  va  yana  100  ta  klassik  adabiyotlarga 

bepul  ega bo‗ladi. Bundan boshqa kitoblar va davriy 

nashrlar uchun haq to‗lanadi. O‗rtacha bitta elektron 

IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

57 

kitob  $10-25  turadi,  bu  esa  qog‗oz  kitobga  qaraganda  $7-8  arzon  demakdir. 

O‗rtacha  bitta  qog‗oz  kitob  $15-35  turadi.  Bunday  narx-navo  bizning 

tasavvurimizda  juda  katta  bo‗lib  tuyuladi,  ammo  bir  narsani  esda  tutish  lozimki, 

kitoblar Amerikada hamma vaqt ham arzon bo‗lmagan, hatto yumshoq muqovali 

kitoblar ham ($15), qattiq muqovali kitoblar ham odatda kam chiqarilgan ($25-35). 

Bu narx-navo gazetalarga ham tegishlidir, "Time " ning elektron variantining yillik 

obunasi $60, "The Washington Post" ning elektron variantining yillik obunasi $107 

ni tashkil qiladi. 

Yaqin  kelajakda  SoftBook    Press  ning  yangi  modelini  ishlab  chiqish 

mo‗ljallanilmoqda.  Uning  kengaytirilgan  xotirasi  (Compact  Flash)  100  000 

betgacha  axborot  saqlay  oladi  (128  MV),  Unga,  33,6  K  modem,  tarmoqa  ulanish 

imkoniyatini  beruvchi  karta  va  takomillashtirilgan  LCD  tipidagi  monitor 

o‗rnatilgan. 

SoftBook Reader kitobdagi matn bo‗yicha qidiruv bajara oladi, is‘temolchini 

qiziqtirgan  fragmentlarni  belgilab  qo‗yishi  mumkin,  gipermatndan  foydalanadi, 

matnda  turli  illyustratsiyalardan,  jadvallardan,  diagrammalardan  foydalanish 

imkoniyati  bor.  Bularning  barchasi  juda  sodda  usulda  bajariladi,  chunki  elektron 

kitob  asosida  HTML  tili  yotadi.  Bulardan  tashqari  yaqin  oradan  boshlab 

maqolalarni  yaratish  vositasi  Open  eBook  formati  ishlatila  boshladiki,  u  barcha 

elektron kitoblarga mos keladi. 

Rocket eBook  

Bu  mahsulot  dizayn  va  narxi  bo‗yicha  ancha  demokratik  bo‗lib  (1998  yili 

sovrindor  bo‗lgan),  u  $200  miqdorda  baholangan

.  

Rocket  eBook

    

imkoniyatlari 

ham  kamtargina.  Bu  qurilma  yoshlar,  talabalar,  maktab  o‗quvchilari  va  umuman 

olganda kam ta‘minlanganlarga mo‗ljallangan. 

Zamonaviy  PDA  ni  eslatuvchi  kitob  standart 

shakldagi  kitobdan  salgina  kichik  bo‗lib,  og‗irligi 

627  g.  va  32  000  sahifani  saqlash  imkoniyatga  ega 

bo‗lgan  4  MV  Flash  -  xotiraga,  (1,4  X  7,6) 

o‗lchamdagi  suyuq  kristalli  displeyga  ega  bo‗lib, 

avtonom  ravishda  beto‗xtov  40  soat  ishlay  oladi. 

Nisbatan  katta  "hajmli"  kitob  ham  mavjud,  Bu 

Rocket  eBook    Pro  bo‗lib  15  200  sahifali  (16  MV) 

axborotni  saqlay  oladigan  va  kerak  bo‗lganda 

xotirasini 32 MV ga yetkaza oladigan qurilmadir. 

Rocket eBook ning ishlashi uchun kompyuter talab qilinadi. Kerakli fayllar 

Internet  orqali  kitobga  ketma-ket  port  orqali  yuklanadi.  Rocket  Librarian  ning 

rasmiy  kutubxonasining  manzili:  (http://

WWW.rocket-library.com/)

.  Elektron 



IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

58 

kitobning  bunday  tuzilishi  qurilmaning  arzonligini  ta‘minlasa-da,  matnlarni 

yuklashni qiyinlashtiriadi va elektron kitobna kompyuterga bog‗lab qo‗yadi. 

Rocket  eBook  komplekti  bilan  birga  foydalanuvchilar  "Alisa  v  strane  

chudes"  kitobini va 75 000 so‗zni o‗z ichiga oluvchi "Random House Webster-s 

eDictionary"  ga  ega  bo‗lishadi.  Boshqa  kitoblarni  sotib  olish  kerak  bo‗ladi. 

SoftBook Press ga qaraganda juda ko‗p materiallar bepul taqdim qilinadi. 

SoftBook  Reader  singari  NuvoMedia  mahsuloti  ham  Open  eBook 

spetsifikatsiyalarini  qabul  qilgan,  ya‘ni  matnga  oq-qora  rasmlarni,  jadvallarni, 

diagrammalarni,  fotosuratlarni  kiritish  imkoniyatiga  ega.  Foydalanuvchi  o‗z 

elektron  kitobini  yaratmoqchi  bo‗lsa  u,  RocketWriter  dan  foydalanadi.  Uning 

funktsional  imkoniyatlari  SoftBook    Press    Personal  Publisher  ning 

imkoniyatlariga  o‗xshash.  Bundan  tashqari  Rocket  eBook  ning  RS  emulyatorini 

kompaniyaning  saytidan  yuklash  mumkin.  +urilmani  yaratuvchilar  kelgusida 

elektron kitobni rangli monitor va USB port bilan ishlaydigan qilish niyatidalar. 

Albatta,  SoftBook  Reader  va  Rocket  eBook  elektron  kitoblar  bu  sohadagi 

dastlabki qaldirg‗ochlardir. Elektron kitoblarning nisbatan qimmatligi va ularning 

o‗zbek  va  rus  tillarda  deyarli  yo‗qligi  respublikamizda  bunday  texnika 

mo‗‗jizasining keng tarqalishiga imkon bermaydi. 

Elektron  kitoblar  qog‗oz  kitoblarni  siqib  chiqaradimi?  -  buni  hayot 

ko‗rsatadi.  Kitobxonlarning  ko‗pchiligi  monitor  orqali  o‗qishni  yoqtirishmaydi, 

elektron  kitoblar  nisbatan  qimmat.  Ammo  analitiklarning  fikriga  ko‗ra,  21-asrda 

nashrlarning 90% elektron shaklda tarqalar ekan.

 

 

Nazorat savollari 

 

1.

 

Axborot kutubxona muassasalarinning axborot ta‘minoti nima? 

2.

 

Axborot kutubxona muassasalarinning axborot tuzilmasi? 

3.

 

 Ma‘lumotlar  bazasida  elektron  kitoblarning  qaydan  ma‘lumotlari 

saqlanadi. 

4.

  Tashqi axborot ta‘minoti nima? 

5.

 

Ichki axborot ta‘minoti nima? 

6.

 

 Ma‘lumotlarni  takrorlanishini  oldini  olishda  qanday  chora  tadbirlar 

ko‘riladi. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

1.

 

―Fundamentals of Library and Informational science‖, by ABDUWAHAB 

OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, pages – 133. 



IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

59 

2.

 

Harris,  M.H.  History  of  Libraries  in  the  Western  World,  4th  ed. 

(Scarecrow, 2011) 

3.

  http://en.wikipedia.org/wiki/Library_science 

4.

 

http://WWW.rocket-library.com/) 

5.

 

http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_libraries 

 

Nazorat savollari 

 

1.

 

Elektron kutubxona nima?  

2.

 

Elektron kutubxona tushunchasi va uni yaratish texnologiyasi.? 

3.

 

Elektron katalog nima? 

4.

 

Axborot-kutubxona fondi nima? 

5.

 

Axborot-kutubxona resursi nima? 

6.

 

Axborot-kutubxona faoliyati nima? 

7.

 

Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish nima? 

8.

 

Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari 

9.

 

Axborot-kutubxona fondi qanday jamlanadi 

10.


 

O‘zbekiston  Respublikasining  Axborot-kutubxona  faoliyati  to‘g‘risidagi 

qonuni qachon qabul qilingan. 

11.


 

Texnik ta‘minot nima va unga nimalar kiradi? 

12.

  Axborot-kutubxona muassasasining dasturiy ta‘minoti nima? 

13.

 

Axborot-kutubxona muassasasining axboroty ta‘minoti nima? 

14.

 

Axborot-kutubxona muassasasining tashkiliy ta‘minoti nima? 

15.

 

Qanday avtomatlashtirilgan ish joylari mavjud? 

16.

 

Axborot-kutubxona muassasasining texnik ta‘minotiga nima? 

17.

 

Qanday qurilmalar bilan ta‘minlangan bo‘lishi mumkin? 

18.

 

RFID qanday texnologiya? 

19.

 

RFID va Shtrix kod texnologiyalarini taqqoslang? 

20.

 

RFID texnologiyasi bilan ishlaydigan qanday qurilmalarni bilasiz? 

21.

 

Axborot-kutubxona muassasasining dasturiy ta‘minoti nima? 

22.

 

AKM lar uchun qanday milliy dasturiy ta‘minotlarni bilasiz? 

23.

 

AKM lar uchun ochiq kodli dasturiy ta‘minotlar? 

24.

 

AKM larning Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini sanang? 

25.

 

Dasturning informatsion-metodik ta‘minoti nima? 

26.

 

Axborot kutubxona muassasalarinning axborot ta‘minoti nima? 

27.

 

Axborot kutubxona muassasalarinning axborot tuzilmasi? 

28.

 

 Ma‘lumotlar  bazasida  elektron  kitoblarning  qaydan  ma‘lumotlari 

saqlanadi. 

29.


 

Tashqi axborot ta‘minoti nima? 



IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI 

 

 

 

 

 

60 

 

KEYSLAR BANKI 

V. BO`LIM

 


V. KEYSLAR BANKI 

 

 

 

 

 

61 

V. KEYSLAR BANKI  

 

1-Keys

.  Axborot-kutubxona  muassasalari  haqida  so‘z  yiritildi  va  jahon 

tajribalari ham o‘rganildi. Axborot-kutubxona muassasalari tuzilishi jihatdan milliy 

va jahon AKM lar farqini tahlil qiling. 

 

Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlari: 

-

 

Bunda  har  bir  AKM  holati  yozib  ularni  guruhlarga  ajratib  olinadi 

(individual va kichik guruh bilan). 

-

  Mavjud  izlangan  ma‘lumotlar  ma‘lum  bir  jadvalga  keltirilib  bir  biridan 

farqlari aniqlanadi. 

 

2-Keys.  

Axborot-kutubxona  muassasalari  va  Axborot  resurs  markazlari  bir-

biri bilan solishtiring va tahlil qiling. 

 

Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlari: 

-

 

AKM vazifalarini va funksiyalarini jadvalga ustuniga yozib chiqing 

(individual va kichik guruh bilan) 

-

  ARM vazifalarini va funksiyalarini jadvalning boshqa ustuniga yozib 

chiqing (individual va kichik guruh bilan). 

-

 

AKM va ARM larni vazifa va funksiya jihatdan farqlarini belgilang. 

 

3-Keys. 

Biror bir axborot-kutubxona muassasasini texnik jihatdan ta‘minlash 

sizga  topshirildi.  Bunday  holatda  siz  AKM  ni  jihozlashda  qanday  qurilmalardan 

foydalangan bo‘lardiz.  

 

Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlari: 

-

  Ishni amalga oshirishni jadval asosda izohlang. (bunda har bir tinglovchi 

vazifani individual bajaradi) 

 

Muassasa turi ( 

yoki bo‟lim turi) 

Texnik vosita 

nomi 

Texnik vosita 

vazifasi 

Texnik 

vositadan 

foydalanish 

maqsadi 

 

 

 

 

 

4-Keys.  

Biror  bir  axborot-kutubxona  muassasasini  dasturiy  jihatdan 

ta‘minlash sizga topshirildi. Bunday holatda siz AKM ni ish faoliyatini yuritishda 

qanday maxsus va ommaviy dasturiy vositalardan foydalangan bo‘lardiz.  

Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlari: 

-

 

Ishni amalga oshirishni jadval asosda izohlang. (bunda har bir tinglovchi 

V. KEYSLAR BANKI 

 

 

 

 

 

62 

vazifani individual bajaradi) 

-

  Tanlanayotgan dasturiy vositalar nomi va vazifalari jadvalga ketma-ket 

keltiriladi  

-

 

Dasturiy vositalar farqlari tahlil qilinadi va afzallik, kamchiliklari 

keltiriladi. 

 

5-Keys.  

Biror  bir  axborot-kutubxona  muassasasini  axborot  ta‘minoti  ko‘rib 

chiqiladi. Bunda ko‘rib chiqilayotgan AKM yoki ARM lar axborot ta‘minotlari bir 

biri bilan taqqoslanadi va diagramma ko‘rinishida natijalar olinadi.  

 

Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlari: 

-

 

Ishni amalga oshirishni jadvalga AKM va ARM nomini yozing va Ularni 

fondi va ma‘lumotlar bazasidagi axborot jamlanmasini son yoki axborot 

o‘lchov birliklari asosida keltiring.(bunda har bir tinglovchi vazifani 

individual bajaradi); 

-

  AKM yoki ARM axborot ta‘minoti farqlarini tahlil qiling. 

 

6-Keys.  

Biror  bir  axborot-kutubxona  muassasasini  tashkily  ta‘minoti  ko‘rib 

chiqiladi. Bunda ko‘rib chiqilayotgan AKM yoki ARM lar  tashkiliy ta‘minoti bir 

biri bilan taqqoslanadi va tashkiliy struktura tuzilib natijaviy holatga keltiriladi.  

Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlari: 

-

 

Ishni amalga oshirishda AKM va ARM ni tashkil etuvchi ishchi o‘rinlar 

yozib chiqiladi; 

-

  Bu ishchi o‘rinlarni bir- biri bilan bog‘liqligi aniqladi va bo‘ysunuvchaligi 

asosida tashkiliy struktura chizib olinadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


V. KEYSLAR BANKI 

 

 

 

 

 

63 

 

MUSTAQIL 

TA`LIM 

MAVZULARI 

VI. BO`LIM

 


VI. MUSTAQIL TA‘LIM MAVZULARI 

 

 

 

 

 

64 

VI. MUSTAQIL TA‟LIM MAVZULARI 

 

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni 

 

Tinglovchi  mustaqil  ishni  muayyan  modulni  xususiyatlarini  hisobga  olgan 

xolda quyidagi shakllardan foydalanib tayyorlashi tavsiya etiladi: 

-  me‘yoriy  xujjatlardan,  o‗quv  va  ilmiy  adabiyotlardan  foydalanish  asosida 

modul mavzularini o‗rganish; 

- tarqatma materiallar bo‗yicha ma‘ruzalar qismini o‗zlashtirish; 

-  avtomatlashtirilgan o‗rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturlar bilan ishlash; 

 -  maxsus  adabiyotlar  bo‗yicha  modul  bo‗limlari  yoki  mavzulari  ustida 

ishlash; 

 -tinglovchining  kasbiy  faoliyati  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  modul  bo‗limlari  va 

mavzularni chuqur o‗rganish. 

 

Mustaqil ta‟lim mavzulari 

1.

  Axborot-kutubxona tizimlari uchun maxsus dasturiy vositalar tahlili. 

2.

 

Axborot-kutubxona  tizimlarida  avtomatlashtirilgan  ishchi  o‘rinlarini 

o‗rganib chiqish (administrator, kitobxon, kitob beruvchi, butlovchi). 

3.

 

Axborot-kutubxona muassasalarining tarkibiy xarakteristikasi. 

4.

 

Axborot-kutubxona tipologiyasining mazmuni va mezonlari. 

5.

 

Axborot-kutubxonashunoslik metodologiyasi. 

6.

 

Axborot-kutubxona markazlarida kitoblar xavfsizligini ta‘minlash. 

7.

 

O‗zbekistonda AKM, ARM va kutubxonalarning ijtimoiy funksiyasining 

kontsepsiyasi. 

8.

  Axborot-kutubxona muassasasi uchun ma‘lumotlar bazasini yaratish. 

 

 

 



VI. MUSTAQIL TA‘LIM MAVZULARI 

 

 

 

 

 

65 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

GLOSSARIY 

VII. BO`LIM

 


VII. GLOSSARIY 

 

 

 

 

 

66 

VII. GLOSSARIY 

 

Termin 

O‟zbek tilidagi sharhi 

Ingliz tilidagi sharhi 

Muallif

 

Biror bir hujjat, adabiyot 

yoki kitob, arborot resursini 

yaratuvchi shaxs 

(Author). The person(s) or 

organization(s) that wrote or 

compiled a document.  

Bibliografiya 

matbuot hamda yozuv 

asarlari haqida axborot 

tayyorlash va berish hamda 

ularni maʼlum ijtimoiy 

maqsadlarda targʻib qilish 

bilan shugʻullanadigan ilmiy 

va amaliy faoliyat sohasi

 

(Bibliography) A list of 

citations or references to 

books or periodical articles 

on a particular topic. 

Bibliographies can appear at 

the end of a book, journal, or 

encyclopedia article, or in a 

separate publication. 

Katalog 


Biror kitob bibliografik 

elementlari yozilgan qog‘oz 

varaqa. 

(Catalog) A database (either 

online or on paper cards) 

listing and describing the 

books, journals, government 

documents, audiovisual and 

other materials held by a 

library. Various search terms 

allow you to look for items 

in the catalog. 

Ma‘lumotlar bazasi 

Kompyuter doimiy 

hotirasida to‘plangan 

electron ma‘lumotlar 

(Database )A collection of 

information stored in an 

electronic format that can be 

searched by a computer. 

E-book (or 

Electronic book) 

Elektron kitoblar 

An electronic version of a 

book that can be read on a 

computer or mobile device. 

Online Public 

Access Catalog 

(OPAC) 

Ochiq tizimli online katalog.  

A computerized database 

that can be searched in 

various ways- such as by 

keyword, author, title, 

subject, or call number-to 

find out what resources a 

library owns. OPAC‘s will 

VII. GLOSSARIY 

 

 

 

 

 

67 

supply listings of the title, 

call number, author, 

location, and description of 

any items matching one's 

search. Also referred to as 

―library catalog‖ or ―online 

catalog.‖ 

Annotatsiya 

nashrning ma‘nosi nuqtai 

nazaridan, maqsadi, shakli 

va boshqa uziga xos jixatlari 

buyicha qisqacha tavsifi.

 

(Annotation

) A note 

accompanying an entry in a 

bibliography, reading list, or 

catalog intended to describe, 

explain, or evaluate the 

publication referred to  

Arxivlar 

Tarixiy xujjatlar, biror joy 

to‘g‘risidagi saqlangan 

yozma va hujjat ma‘lumotlar 

(Archives) Public records or 

historical documents, or the 

place where such records 

and documents are kept. 

Shtrix kod 

14 ta raqamdan iborat kod 

bo‘lib, mahsulotning qaysi 

davlat, qaysi korxona 

tomonidan ishlab 

chiqarilganligi haqida 

ma‘lumot beradi. 

(barcode number) The 14-

digit number appearing 

beneath the barcode found 

on the back on a book. 

Barcode numbers are used to 

charge, discharge, and 

renew books on the online 

computer system. 

Bibliografik ishora 

Kitob yoki maqolalarning 

oxida keldiriladi. 

Foydalanilgan adabiyotlar 

to‘g‘risidagi bibliografik 

ma‘lumotlar. 

(bibliographic citations) The 

information which identifies 

a book or article. 

Information for a book 

usually includes the author, 

title, publisher, and date. 

The citation for an article 

includes the author, title of 

the article, title of the 

periodical, volume, pages, 

and date. 



VII. GLOSSARIY 

 

 

 

 

 

68 

Bibliografik 

yozuv 

Bibliografik ma‘lumotlar 

bazasida ma‘lum bir 

ob‘ektni tasvirlangan 

axborot maydoni  

(bibliographic record) The 

unit of information fields 

(e.g. title, author, 

publication date, etc.) which 

describe and identify a 

specific item in a 

bibliographic database. 

To‟liq matn (TM) 

Kitobning elektron 

ko‘rinishidagi 

tizimlashtirilgan shakli 

(Fulltext) Some of the article 

databases available from the 

Illinois library offer full text 

electronic access to a wide 

range of articles. 

ISBN 

(International 

Standard Book 

Number) 

Kitoblarning xalqaro 

standart raqami 

A four-part, ten-character 

code given a book (a non-

serial literary publication) 

before publication as a 

means of identifying it 

concisely, uniquely, and 

unambiguously. The four 

parts of the ISBN are: group 

identifier (e.g., national, 

geographic, language, or 

other convenient group), 

publisher identifier, title 

identifier, and check digit. 

(ALA Glossary) 

ISSN 

(International 

Standard Serial 

Number) 

Davriy nashrlarning xalqaro 

standart serial raqami 

The international numerical 

code that identifies 

concisely, uniquely, and 

unambiguously a serial 

publication.(ALA Glossary) 

MARC format 

MARC (Mashina o‘qiy 

oladigan katologlash tili) 

kataloglashtirish xalqaro 

standart formati 

MARC (Machine-readable 

Cataloging) An international 

standard format for the 

arrangement of cataloging 

information so that it can be 

stored and retrieved using 

VII. GLOSSARIY 

 

 

 

 

 

69 

computer tapes. 

OCLC (Online 

Computer Library 

Center) 

On-line electron-kutubona 

kutubxona markazi bo‘lib, 

yig‘ma electron katalog 

hisoblanadi. Masofadan shu 

ma‘lumotlar bazasiga 

murojaat qilishimiz mumkin 

A bibliographic network 

based on an online database 

of approximately 28 million 

cataloging records from its 

5500 members, including 

those of Illinois Library 

since 1975. It now serves 

more than 18,000 libraries in 

52 countries. The OCLC 

database is used for 

cataloging, for reference 

work, and for interlibrary 

loan. It is the world's largest 

and most comprehensive 

database of bibliographic 

information. 

 

 



VII. GLOSSARIY 

 

 

 

 

 

70 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ADABIYOTLAR 

RO`YXATI 

VIII. BO`LIM

 

VIII. ADABIYOTLAR RO‗YXATI 

 

 

 

 

 

71 

VIII. ADABIYOTLAR RO„YXATI 

 

 

Maxsus adabiyotlar. 

 

1.

 

―Fundamentals of Library and Informational science‖, by ABDUWAHAB 

OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, pages – 133. 

2.

 

Harris,  M.H.  History  of  Libraries  in  the  Western  World,  4th  ed. 

(Scarecrow, 2011) 

 

Internet resurslar 

 

1.

 

http://en.wikipedia.org/wiki/Library_science 

2.

  http://

WWW.rocket-library.com/)

 

3.

 

http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_libraries 

   

Document Outline

  • 1. Титул - копия
  • 2
    • 1. Титул - копия
    • Тақриз. И ва АТ
    • Ич тақриз. И ва АТ
    • 16. Ахбор Кут
  • IAT


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


proekt-poryadok-dennij-ta-113.html

proekt-poryadok-dennij-ta-118.html

proekt-poryadok-dennij-ta-122.html

proekt-poryadok-dennij-ta-127.html

proekt-poryadok-dennij-ta-131.html